Julius Caesar - Vikiiqtibos
Kontent qismiga oʻtish
Vikiiqtibosdan olingan
Julius Caesar
Tusculum portreti tomonidan tasvirlangan Caesar
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi
mil. avv. 100-yil 12-iyul
Suburra, Rim
Vafoti
mil. avv. 44-yil 15-mart
Pompey teatri, Rim
Qardosh loyihalar
Vikipediyadagi maqola
Vikimaʼlumotlar sahifasi
Vikiombordagi tasvirlar
Gay Yuliy Sezar
lotincha
Imperator Gaius Iulius Caesar
Imperator Gay Yuliy Sezar (Gayus Yulius Qaysar)
) (Klassik lotincha:
AIVS
VLIVS
AESAR
) (mil. avv. 100-
yil 12-iyul
– mil. avv. 44-yil
15-mart
) –
Rim
diktatori
(49, 48— 46, 45; 44 yildan umrbod),
sarkarda
yozuvchi
. Siyosiy faoliyatini demokratik guruh tarafdori sifatida boshlab, harbiy tribun (73), edil (65), pretor (62) lavozimlarida boʻlgan.
Konsullikka
intilib, 60-yili
Pompey
va
Krass
bilan ittifoq tuzgan (1-
triumvirat
). Konsul (59), soʻngra
Galliya
noibi
; 58—51-yillarda butun Alporti Galliyasini Rimga boʻysundirgan. Krass vafotidan keyin 48 yil
armiyaga
tayanib, yakka hokimlik uchun kurash boshlagan. Pompey va uning tarafdorlarini 49—45-yillarda tormor qilib, hokimiyat tepasiga chiqqan. Oʻz qoʻlida respublikaning eng muhim lavozimlarini (
diktator
, konsul va boshqalar) jamlab, amalda rasmiy
monarx
boʻlgan. Respublikachilar fitnasi natijasida oʻldirilgan.
„Galliya urushi haqida xotiralar“
va
„Fuqarolar urushi haqida xotiralar“
asarlari
muallifi
; taqvimni isloh qilgan (
Yulian taqvimi
).
Iqtiboslari
tahrirlash
Fere libenter homines id quod volunt credunt.
Qurʼa tashlandi.
Taqdir — boshqa ishlar ustidan ham, ayniqsa urushda, katta kuchga ega; u juda kichik kuchlar orqali ham vaziyatda buyuk oʻzgarishlarni yuzaga keltira oladi.
Veni, vidi, vici.
„Keldim, koʻrdim, egalladim“.
Kichik Osiyoning
Zela shahri yaqinida Bospor podshosi
Farnak IIni
atigi besh kunda tormor keltirgan Sezarning mil. avv. 47-yilda Rim Senatiga yuborgan nomasida yozilgan.
Plutarxning
„Sezar hayoti“ asarida yunon tilida (
ἦλθον, εἶδον, ἐνίκησα
) keltirilgan
. Shuningdek, Suetoniyning „Oʻn ikki Sezar hayoti“ asarida ham lotin tilida (
veni, vidi, vici
) Pontus ustidan qozonilgan gʻalaba tantanalarida bezatilgan aravalardan biriga yozib qoʻyilgani xabar qilinadi
Variant tarjimasi:
Keldim, koʻrdim, gʻalaba qozondim
Alea iacta est.
Qurʼa tashlandi
Bu iqtibos Suetoniyning
Vita Divi Iuli
Ilohiylashtirilgan Sezarning hayoti
] (milodiy 121-yil) asarining
33-paragrafida
keltirilgan. (
Caesar: … „Iacta
alea
est“, inquit.
Sezar deydiki … „qurʼa tashlandi“.
Bu soʻzlar mil. avv. 49-yil 10-yanvarda Sezar oʻz legionlari bilan Rubikon daryosini kesib oʻtganida aytilgan. Bu harakat bilan u
Pompey
qoʻshinlariga qarshi fuqarolar urushini boshladi. Rubikon Galliya viloyatining chegarasi boʻlib, Sezar armiyasini faqat shu hududda saqlashga vakolatli edi. Uni kesib oʻtish Italiyaga bostirib kirish hisoblanardi.
Plutarxning „
Pompeyning hayoti
“ asarida esa boshqa shaklda keltiriladi (60.2.9):
Ἑλληνιστὶ
πρὸς τοὺς παρόντας ἐκβοήσας, „Ἀνερρίφθω κύβος“, [
anerrhíphtho kúbos
] διεβίβαζε τὸν στρατόν.
U [Sezar]
yunon tilida
baland ovoz bilan „qur’a tashlanaversin“ degan va qoʻshinini daryodan olib oʻtgan.
Deipnosophistaening
13-kitobida
aytilishicha, Sezar bu soʻzlarni yunon dramaturgi
Menandrning
„Ἀρρηφόρῳ“ (
Arrephoria
yoki „Naychichi qiz“) asaridan iqtibos qilgan. Kitobning 8-paragrafida „Ἀνερρίφθω κύβος“ (
anerrhíphtho kúbos
) deyilgan. Iboraning yunonchasidagi asl maʼno: „qur’a tashlan
aver
sin!“, „Oʻyin boshlanaverisin!“ boʻlib, lotinchaga
iacta alea estō
tarzida oʻgiriladi.
Lewis and Short
da shunday keltirilgan
Manbalar
tahrirlash
" dan olindi
Turkumlar:
Diniy yetakchilar
Qadimgi Rim yozuvchilari
Julius Caesar
Mavzu qoʻshish