Qimor - Vikipediya
Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Caravaggio
, (
tax.
1594
-yil)
Qimor
(shuningdek,
dovga tikmoq
) – turli qiymatga ega boʻlgan buyum yoki pulni yutib olish maqsadida tasodifiy hodisa uchun tavakkal ravishda („dov“) tikish.
Qimor oʻyinlari yirik xalqaro tijoriy faoliyat hisoblanib, 2009-yilda qonuniy qimor bozorining umumiy qiymati taxminan 335 milliard dollarni tashkil etgan
Tarixi
tahrir
manbasini tahrirlash
Mesopotamiyada
eng qadimgi olti qirrali oʻyin donalari miloddan avvalgi 3000-yillarga borib tarqaladi. Ammo ular undan bir necha ming yil oldin paydo boʻlgan
astragallar
asosida yaratilgan.
Xitoyda
miloddan avvalgi birinchi mingyillikda qimorxonalar keng tarqalgan boʻlib, hayvonlar jangiga garov oʻynash odatiy hol boʻlgan. Lotto oʻyinlari va dominolar (Pai Gow oʻyinining ajdodlari) Xitoyda X asrdayoq paydo boʻlgan
Oʻyin kartalari milodiy IX asrda
Xitoyda
paydo boʻlgan.
Yaponiya
qimor oʻyinlarining tarixi XIV asrga borib taqaladi
Poker
AQShning
qimor bilan bogʻliq eng mashhur karta oʻyini boʻlib, XVII asrga oid fors oʻyini As-Nasdan kelib chiqqan
Dastlabki kazino Ridotto 1638-yilda
Italiyaning
Venetsiya
shahrida oʻz faoliyatini boshlagan
Buyuk Britaniya
tahrir
manbasini tahrirlash
Qimor asrlar davomida
Buyuk Britaniyada
asosiy hordiq chiqarish mashgʻuloti boʻlib kelgan
. Ayniqsa, ot poygasi qimor uchun sevimli sport sohasi boʻlgan
. Bu soha qattiq tartibga olingan
. 2005-yilda mamlakatda „Gambling Act 2005“ nomli normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan boʻlib, ushbu hujjat tavakkalchilikka asoslangan turli qimor oʻyinlariga litsenziya berish tartibini va ushbu turdagi faoliyatni nazorat qiluvchi organ – Gambling komissiyasining (Gambling Comission) vakolatlarini belgilab berishga qaratilgan
Buyuk Britaniyada
lotereya
chiptalarini aholining 2/3 qismi har hafta sotib oladi va lotereya tashkilotchisi 5 mlrd
funtdan
ortiq daromad qiladi. Sarflanayotgan bu mablagʻlar britaniyaliklarning non yoki kitobga sarflaygan pulidan koʻproqni tashkil qiladi
10
Singapur
tahrir
manbasini tahrirlash
Qimor oʻyinlari
Singapur
tarixining bir qismi boʻlib, u koʻp yillar davomida hukumat tomonidan qatʼiy nazorat qilingan. XX asr oʻrtalarida noqonuniy qimor oʻyinlari keng tarqalgan. Biroq, 2010-yilda tartibga solinuvchi kazinolarning ochilishi bilan yondashuv oʻzgargan. Bugungi kunda hukumat qimor oʻyinlarining noqonuniy faoliyatlari oldini olish uchun qatʼiy qonunlarni joriy etmoqda
11
12
13
14
Amerika Qoʻshma Shtatlari
tahrir
manbasini tahrirlash
Qimor oʻyinlari
Amerika Qoʻshma Shtatlarida
asrlar davomida mashhur faoliyat boʻlib kelgan
15
. Shu bilan birga, u deyarli shuncha vaqt davomida koʻplab hududlarda qonun yoʻli bilan taʼqib ostiga olingan. XX asr boshlariga kelib, qimor oʻyinlari butun
AQSH
boʻylab deyarli bir xil ravishda noqonuniy deb topilgan
16
17
AQSh
aholisi koʻplab qimor oʻyinlariga 500 mlrd
dollar
sarflashi aniqlangan
18
. Statistika shuni koʻrsatdiki, soʻnggi yillarda
AQShning
6 milliondan ortiq aholisi qimor oʻyinlari natijasida davolanishga muhtojligi bayon qilingan
19
Oʻzbekiston
tahrir
manbasini tahrirlash
Oʻzbekiston
hududida turli koʻrinishdagi qimor oʻyinlari tashkilotchisi
bazaviy hisoblash miqdorining
kamida 75 ming (28,12 mlrd soʻm), lotereya tashkilotchisi esa
bazaviy hisoblash miqdorining
40 ming baravari (15 mlrd soʻm) miqdorida
agentlikka
zaxira mablagʻlarini qoʻyishlari mumkin
20
Vazirlar Mahkamasining
176-sonli 2007-yil 16-avgustdagi qaroriga binoan, 2007-yil 1-sentabrdan boshlab respublikada qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan turli oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish taqiqlangan
21
22
. Raqobat qoʻmitasi tomonidan qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan xizmatlarni omma orasida eʼlon qiluvchi 30ga yaqin sayt bloklangani haqida axborot berilgan
23
24
. Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 191-moddasiga koʻra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan turli xil oʻyinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etgan shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin
25
26
. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshqarma boshligʻi Nodir Joʻrayevning aytishicha, bir yil davomida taxminiy hisobda qimor oʻyinlariga
Oʻzbekistondan
300 million dollardan 1 milliard dollargacha boʻlgan mablagʻ chet elga chiqib ketishi kuzatilgan
27
. Ayniqsa,
litsenziyalar
asosida tashkillashtirilgan turli online va offline qimor oʻyinlarida faqat 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin
28
. Qonunchilik palatasining 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan „Reklama toʻgʻrisida“gi qonunning 46-moddasida qayd etilishicha,
Oʻzbekistonda
koʻplab turdagi qimor oʻyinlari, telekommunikatsiya tarmoqlari hamda online tashkil etiladigan qimor oʻyinlarining reklamasi taqiqlangan
29
30
Tartibga solish
tahrir
manbasini tahrirlash
Koʻplab
mahalliy
va milliy huquqiy tizimlar qimor oʻynashni taqiqlaydi yoki sotuvchilarni
litsenziyalash
orqali qattiq nazorat qiladi. Bunday tartibga solish odatda qimorning rivojlanishiga va taqiqlangan hududlarda noqonuniy qimor oʻyinlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Hukumatlarning tartibga solish va soliq solish ishtiroki orqali bir qancha davlat va qimor tashkilotlari oʻrtasida yaqin aloqa oʻrnatilgan. Bunday holatlarda qonuniy qimor oʻyinlari
Monako
va
Xitoyning
Makao
mintaqasida boʻlgani kabi davlat uchun sezilarli daromad manbai boʻlib xizmat qiladi.
Qimor oʻynash yosh chegarasi baʼzi
yurisdiksiyalarda
qimor turiga qarab farq qiladi. Masalan,
Amerikaning
koʻplab shtatlarida kazinoga kirish uchun 21 yoshdan oshgan boʻlish kerak. Ammo 18 yoshga toʻlgandan soʻng
lotereya
chiptasini sotib olish mumkin
31
Diniy qarashlar
tahrir
manbasini tahrirlash
Max Kaur
va diniy rahbarlar qimor oʻynashga qarshi norozilik bildirishyapti (
Estoniyaning
Tallin shahri
Buddaviylik
tahrir
manbasini tahrirlash
Budda
qimor oʻyinini Singalovada Sutrada halokat manbai deb taʼkidlagan.
Hinduizm
tahrir
manbasini tahrirlash
Qadimgi hind sheʼriyatida, masalan,
Gambler’s Lament
(Qimorbozning shikoyati) va
Mahabharata
kabi asarlar qadimgi
hindlar
orasida qimor oʻynashning mavjudligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga uning yomon taʼsirini ham ifodalaydi.
Yahudiylik
tahrir
manbasini tahrirlash
Qadimgi
yahudiy
davlat organlari qimor oʻynashga salbiy qarashgan boʻlib, hatto ashaddiy qimorbozlarni sudda
guvohlik
berishdan ham mahrum qilganlar
32
Xristianlik
tahrir
manbasini tahrirlash
Protestantizm
tahrir
manbasini tahrirlash
Protestantlar orasida qimorga boʻlgan munosabat turlicha. Xususan, baʼzi protestant jamoalari qimor oʻyiniga qarshi turgan yoki uni butunlay taqiqlagan.
Metodistlar
boʻlsa, zohiriy muqaddaslik gʻoyasidan kelib chiqib, qimorni qattiq qoralaydi. Chunki u hirs va ochkoʻzlikni qoʻzgʻatuvchi
gunoh
vositasi sifatida qabul qilingan. Qimorni rad etadigan boshqa diniy oqimlar qatoriga quyidagilar ham kiradi: Birlikdagi Metodistlar Cherkovi (United Methodist Church)
33
, Erkin Metodistlar Cherkovi (Free Methodist Church)
34
, Evangelik Vezliyan Cherkovi (Evangelical Wesleyan Church)
35
, Najot Armiysi (Salvation Army)
36
va Nazarliya Cherkovi (Church of the Nazarene) kiradi
37
Qimorni rad etadigan boshqa protestantlar qatoriga
Mennonitlar
Schwarzenau
birodarlari (Schwarzenau Brethren)
38
Kvakerlar
39
Shimoliy Amerika
Xristian Reformatlashgan Cherkovi (Christian Reformed Church in North America)
40
Lutheran
eʼtiqodiga rioya qiluvchi cherkov (Church of the Lutheran Confession)
41
, Janubiy Baptistlar Kengashi (Southern Baptist Convention)
42
va
Adventistlar cherkovi
(Seventh-day Adventist Church) kiradi
43
Islom
tahrir
manbasini tahrirlash
"Ulema" (arabcha: عُـلـمـاء,
Islom
olimlari
) orasida qimor oʻynashning „haraam“ (arabcha: حَـرام,
gunoh
yoki man qilingan) ekanligi boʻyicha umumiy fikr mavjud. Qimor oʻynash taqiqlanganida,
musulmon
huquqshunoslari uni
Qur’onga
zid va
musulmon
ummatiga (arabcha: أُمَّـة, jamoa) zararli deb taʼriflaydilar. Qimor oʻynashning arabcha atamasi „Maisir“dir
44
Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», deb ayt
45
46
Baqara surasi
219-oyat
Butun
Shariat
qonunlari joriy etilgan joylarda, masalan,
Achexda
musulmon
qimorchilariga beriladigan
jazolar
12 zarba qamchi yoki bir yilga qamoq jazosi hamda bunday amallarni oʻtkazish uchun joy taqdim etganlarga jarima solishni oʻz ichiga olishi mumkin
47
. Baʼzi
islomiy davlatlar
qimorni man etgan. Boshqa koʻplab mamlakatlar esa uni tartibga solgan
48
Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz
49
50
Moida surasi
90-oyat
Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va nafrat solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni istaydir. Endi to‘xtarsizlar?!
51
52
Moida surasi
91-oyat
Bahá'í Faith
tahrir
manbasini tahrirlash
Muqaddas Kitobning 155-bandiga koʻra, qimor oʻynash taqiqlangan.
Turlari
tahrir
manbasini tahrirlash
Kazino oʻyinlari
tahrir
manbasini tahrirlash
Har qanday oʻyinni pul tikib ham, shunchaki koʻngil uchun ham oʻynash mumkin. Biroq odatda pul tikib oʻynaladigan oʻyinlar kazinolarda oʻynaladi.
Stol oʻyinlari
tahrir
manbasini tahrirlash
Asosiy maqola:
Kazino o‘yini § Stol o‘yinlari
Caesars saroyining asosiy favvorasi.
Yaponiyaning
Tokio
shahridagi pachinko zali
Mahjong toshlari
Elektron qimor oʻyinlari
tahrir
manbasini tahrirlash
Pachinko
Sic Bo
Slot mashinasi
Video poker
Video bingo
Boshqa qimor oʻyinlari
tahrir
manbasini tahrirlash
Bingo
Keno
Kazino oʻyinlari boʻlmagan oʻyinlar
tahrir
manbasini tahrirlash
Kazinodan boshqa oʻynaladigan qimor oʻyinlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Bingo (
AQSh
va
Buyuk Britaniyada
oʻynaladigan), „Dead pool“,
lotereyalar
, pull-tab oʻyinlari, scratchcards (skretch kartochkalari) hamda Mahjong.
Kazino boʻlmagan boshqa qimor oʻyinlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Tarixiy oʻyinlar – Basset, Ecarté, Lansquenet va Put kabi kazino boʻlmagan karta oʻyinlari
53
Karnaval oʻyinlari – The Razzle yoki Hanky Pank.
Tanga uloqtirish oʻyinlari – Head and Tail, Two-up.
Shashqol oʻyinlariga asoslangan oʻyinlar – Backgammon, Liar’s dice, Passe-dix, Hazard, Threes, Pig, Mexico (yoki Perudo).
* Tanga uloqtirish odatda kazinoda oʻynalmasa-da, bu
Avstraliyaning
baʼzi kazinolarida rasmiy qimor oʻyini ekanligi maʼlum
54
Qatʼiy stavkalar bilan tikish
tahrir
manbasini tahrirlash
Asosiy maqola:
Qat'iy stavkalar bilan tikish
Koʻplab turdagi sport tadbirlari va siyosiy saylovlarda qatʼiy stavkalar bilan tikish va Parimutuel tikish tez-tez uchraydi.
Parimutuel tikish
tahrir
manbasini tahrirlash
Asosiy maqola:
Parimutuel tikish
Qimorning eng keng tarqalgan shakllaridan biri ot yoki greshaund poygalariga pul tikishdir. Tikishlar parimutuel jamgʻarmalari orqali amalga oshirilishi mumkin yoki bukmekerlar shaxsiy ravishda tikishlarni qabul qilishi mumkin.
Sportga pul tikish
tahrir
manbasini tahrirlash
Asosiy maqola:
Sportga pul tikish
Yaponiyaning
Tokio shahridagi
Tokio poygasi
Jamoa sportlariga pul tikish koʻplab mamlakatlarda asosiy xizmat koʻrsatish sohasiga aylangan. Internet paydo boʻlishidan oldin, har hafta
Buyuk Britaniyada
millionlab odamlar futbol maydonlarida oʻynashgan.
Oʻzbekiston hududida totalizator bozoridagi oʻrganilgan tahlillarga koʻra, 2020—2024-yillar davomida sportga pul tikish koʻrsatgichi 134 milliard dollarga osishi prognoz qilingan
55
Arbitrajli tikish
tahrir
manbasini tahrirlash
Asosiy maqola:
Arbitrajli tikish
Arbitrajli tikish – bu har bir hodisa natijasiga tikish qoʻyilib, voqea tugagach, oʻyinchi natijadan qatʼiy nazar maʼlum bir foyda olishi kafolatlangan nazariy jihatdan xavfsiz tikish tizimidir.
Boshqa turdagi pul tikishlar
tahrir
manbasini tahrirlash
Spread betting qimor oʻynovchilarga voqea aniqligi asoslangan holda tikish imkonini beradi. Bu yerda yutuq toʻlovlari „yutish yoki yutqazish“ natijasidan farqli oʻlaroq oʻyinning aniq boʻlishiga asoslanadi.
Atamaning boshqa qoʻllanishlari
tahrir
manbasini tahrirlash
Gloria Mundi
– bu
britaniyalik
siyosatchi Charles James Foxning ruletka gʻildiragi ustida turib,
Angliya
va
Yevropa materikini
koʻrsatgan globus ustida turgan holatdagi karikaturasi. Bu tasvirda uning choʻntaklari orqali pulsiz holati koʻrsatilgan va bu holatning qimor oʻynash bilan bogʻliqligi taʼkidlanmoqda.
Garchi baʼzi
investitsiyalar
sezilarli ziyonni oʻz ichiga olsa-da,
investitsiyalar
odatda qimor oʻynash deb hisoblanmaydi. Investitsiyalarga misollar sifatida
aksiyalar
obligatsiyalar
va
koʻchmas mulk
kiradi. Biznes boshlash ham investitsiyaning bir shakli deb hisoblanishi mumkin. Investitsiyalar odatda quyidagi mezonlarga javob berganda qimor oʻynash deb hisoblanmaydi:
Iqtisodiy foyda
Ijobiy kutilgan
daromad
(kamida uzoq muddatda)
Tavakkalchilikdan qatʼiy nazar qabul qilinishi mumkin boʻlgan asosiy
qiymat
Baʼzi spekulyativ investitsiya faoliyati xavfli boʻlib, baʼzan qimor oʻyinlaridan farq qiladi:
Valyuta ayirboshlash
(forex) operatsiyalari
Prognoz
bozorlari
Optsionlar
yoki
fyucherslar
kabi
qimmatli qogʻozlarning
derivativlari
qiymati maʼlum bir vaqt mobaynida (odatda
derivativga
bogʻliq tugash sanasi) asosiy aktivning qiymatiga bogʻliq boʻladi.
„Levant“ yoki „levanting“ – bu tikish natijasidan soʻng qochishni bildiradi
56
Salbiy oqibatlari
tahrir
manbasini tahrirlash
Asosiy maqola:
Muammoli qimor o‘yinlari
Muammoli qimor oʻyinlarining bir nechta alomatlari bor. Qimorbozlar koʻpincha yoʻqotgan pullarini qaytarish uchun yana qimor oʻynashadi. Baʼzilari esa umidsizlik va xavotirni yoʻqotish uchun qimor oʻynashadi
57
2020-yilda 32 ta davlatda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatganki, maʼlum bir mamlakatda qimor oʻyinlari qanchalik koʻp boʻlsa, mamlakatning
fond bozoridagi
narxlar shunchalik oʻzgaruvchan boʻlgan
58
Qimorga qaramlik
tahrir
manbasini tahrirlash
Qimorga qaramlik – bu turli zararli
psixologik
jismoniy
va
ijtimoiy
oqibatlarni keltirishi mumkin boʻlgan
progressiv
giyohvandlik
59
. Xususan, dunyoda turli qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar rivojlangan boʻlib, ular marketing va reklamaga
Coca-Cola
va
Pepsidan
keyin eng koʻp mablagʻ ketgizadigan
tashkilotlar
sirasiga kiradi
60
. Jumladan,
Oʻzbekiston
hududida oʻtkazib borilayotgan „Boriga baraka“ teleshousi ham qimorning bir turiga kiradi
61
. „Shayx Zayniddin“ jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon oʻgʻli taʼkidlaganidek, futbol oʻyinlariga pul tikish ham qimor oʻyinlarining bir turi hisoblanadi
62
. Tashkillashtirilgan qimor oʻyinlari sababli Oʻzbekiston hududida 2019-yilda 55 ta, 2020-yilda 86 ta, 2021-yilda 103 ta, 2022-yilning 6 oyida 90 ta turli jinoyatlar qayd qilingan. Ayniqsa, 2021-yilda 6 nafar va 2022-yilning 6 oyida 6 nafar 25 yoshgacha boʻlgan fuqaro oʻz joniga qasd qilgan
63
Bukmeykerlik
va totalizatorlar sport oʻyinlari asosida insonda muhtojlik va umidsizlik holatlarining kuzatilishi bilan birga, ushbu holatda inson
depressiya
migren
, ichak kasalliklari va
stress
kabi boshqa kasalliklarga ham chalinishi mumkin
64
. Qimorga qaramlik tobora oshib borgani sari moliyaviy qiyinchiliklar va umidsizlik natijasida jamiyatda huquqbuzarlik, jinoyatlar va oilalarning buzilishi kuzatilishi mumkin
65
66
. Misol uchun,
AQShning
Atlantik Siti kazinolarida olib borilgan tadqiqotga koʻra, 1982—1986-yillar davomida kazinolarda kuzatilgan 398 ta oʻlimdan 330 tasi (taxminan ushbu oʻlim holatlarining 83 foizi) yurak xuruji oqibatida yuz berganligi aniqlangan
67
Yana qarang
tahrir
manbasini tahrirlash
Lotereya
Rossiyada qimor biznesi
Manbalar
tahrir
manbasini tahrirlash
„You bet“
(2010-yil 8-iyul). 2019-yil 8-dekabrda asl nusxadan
arxivlangan
Schwartz, David
Roll The Bones: The History of Gambling
. Winchester Books, 2013.
ISBN
978-0-615-84778-8
Murdoch, James
A History of Japan
, reprint, London: Psychology Press, 1926 — 325–326-bet.
ISBN
978-0-415-15417-8
. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel. „Many Japanese are naturally prone to gambling; in the old Kyoto court the vice was rife, and in the fourteenth and fifteenth centuries samurai would often stake their arms, armour, and horse trappings on a cast of the dice, even on the eve of a battle, and so have to go into action in incomplete panoplies, and sometimes with no armour at all. In Tokugawa times the vice did not reach this extent among the samurai, but it became common in Yedo and continued to be so throughout the history of the city.“
Wilkins, Sally
Sports and Games of Medieval Cultures
. Greenwood, 2002.
ISBN
978-0-313-36079-4
Thomassen, Bjørn
Liminality and the Modern: Living Through the In-Between
. Ashgate Publishing, Ltd., 2014 — 160-bet.
ISBN
978-1-4094-6080-0
Roger Munting,
An economic and social history of gambling in Britain and the USA.
(Manchester UP, 1996).
Mike Huggins,
Flat racing and British society, 1790-1914: A social and economic history
(Routledge, 2014).
David Forrest, „An economic and social review of gambling in Great Britain.“
Journal of Gambling Business and Economics
7.3 (2013): 1-33.
„Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning jiddiy oqibatlari“
daryo.uz
. Qaraldi: 2024-yil 14-dekabr.
„Qimor o‘yinlarining foyda va zararlari“
aniq.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Asia Sentinel - Independent news and analysis about Asia's politics, economics, culture and more“
Asia Sentinel
. 2010-yil 19-oktyabrda asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 2010-yil 3-aprel.
Prime Minister Lee Hsien Loong.
„Proposal to develop Integrated Resorts“
Developing Industries > Integrated Resorts > Ministerial Speeches & Comments
Ministry of Trade and Industry, Singapore
(2005-yil 18-aprel). — „The first question was whether to have IRs at all. The answer was yes. Having settled that, the next question was whether to have one or two IRs. We decided on two IRs, because the Bayfront and Sentosa projects complement each other, because having two provides competition and critical mass, and because we believe that two projects will bring more economic benefits, without increasing the social cost commensurately; After weighing the matter carefully, the Cabinet has collectively concluded that we had no choice but to proceed with the IRs. As Prime Minister, I carry the ultimate responsibility for the decision.“. 2007-yil 27-noyabrda asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 2008-yil 17-yanvar.
Tan, Theresa.
„Floating casino draws Singaporeans who loath to pay 900 levy at home“
(en).
The Straits Times
(2015-yil 15-mart). Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
Auto, Hermes
„New laws on social gambling in Singapore to take effect from Aug 1 | The Straits Times“
(en).
www.straitstimes.com
(2022-yil 31-iyul). Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
Roger Munting,
An economic and social history of gambling in Britain and the USA.
(Manchester U. Press, 1996).
History of Gambling in the United States
“,
Gambling in California
. California State Library, March 1997. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
E.g.,
Constitution of Louisiana
, 1974, Art. VII, Sec. 6(B).
„Qimor o‘yinlarining foyda va zararlari“
aniq.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Hukumat qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni tasdiqladi“
spot.uz
. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
„QIMOR O‘YINLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISHNI YANADA TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“
lex.uz
. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
„O‘zbekiston kartalaridan onlayn qimor o‘yinlariga transchegaraviy o‘tkazmalar taqiqlandi“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
„Bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 30ga yaqin sayt bloklandi“
spot.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Ўзбекистон карталаридан онлайн қимор ўйинларига трансчегаравий ўтказмалар тақиқланди“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Hukumat qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni tasdiqladi“
xabar.uz
. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
„Qimor o'ynash qanday javobgarlik keltirib chiqaradi?“
surxondaryo.adliya.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„O‘zbekistonda qimor o‘yinlariga nega qonuniy ruxsat berildi?“
uz24.uz
. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
„O‘zbekistonda 2025-yildan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi“
gazeta.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Ўзбекистон карталаридан онлайн қимор ўйинларига трансчегаравий ўтказмалар тақиқланди“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Реклама тўғрисида Ўзбекистон Республикасининг Қонуни“
lex.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
Rose, I. Nelson
Pathological Gambling: A Critical Review
. Washington, D.C., USA: National Academies Press, 1999.
ISBN
9780309065719
Berel Wein.
„Gambling“
. torah.org. 2010-yil 16-iyunda asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 2010-yil 20-iyul.
„Book of Resolutions: Gambling“
„The Free Methodist Church (UK) | Why we don't encourage gambling“
. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
The Discipline of the Evangelical Wesleyan Church
(en).
Evangelical Wesleyan Church
, 2015 — 60–61-bet.
„Why Donʼt Salvationists Drink, Smoke or Gamble?“
Water Beach and Soham Salvation Army Community Church
(WaterBeachSalvationArmy.org.uk). Archived 13 February 2016.
„The Church of the Nazarene, Doctrinal and Ethical Positions“
Dunkard Brethren Church Polity
Dunkard Brethren Church
, 1 November 2021 — 8-bet.
„Quaker View of Gambling“
„Gambling“
(2012-yil 26-iyun).
„Gambling“
. 2024-yil 3-dekabrda asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 2024-yil 15-dekabr.
„Southern Baptist Convention > Resolution on Gambling“
. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
„Seventh-Day Adventist Church Position On Gambling“
St. Vincent Times
(2019-yil 28-fevral). Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
Morrison, Rod
. The Principles of Project Finance
, 2012 — 50-bet.
„Qimor o‘yinlarining foyda va zararlari“
aniq.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Қимор“
islom.uz
. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
Feener, Michael
. Sharia and Social Engineering
, 2013 — 145-bet.
„International Association of Gaming Regulators: Members“
. 2012-yil 16-noyabrda asl nusxadan
arxivlangan
„Musulmonlar idorasi: Telegram’dagi pul tikib o‘ynaladigan o‘yinlar qimor hisoblanadi“
daryo.uz
. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
„Қимор“
islom.uz
. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
„Fatvo: Totalizator o‘yinlarini o‘ynash va reklama qilish – shar'an harom“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
„Қимор“
islom.uz
. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
Parlett, David
(1991).
A History of Card Games
. Oxford, NY: OUP. p. 324.
„The Game of Two up“
. Gambling Info. 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 2012-yil 22-sentyabr.
„Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
Andoza:Oed
„Symptoms and causes“
. Mayo Clinic.
Blau, Benjamin M.; Whitby, Ryan J. (2020-09-01).
"Gambling activity and stock price volatility: A cross-country analysis"
(en).
Journal of Behavioral and Experimental Finance
27
: 100338.
doi
10.1016/j.jbef.2020.100338
ISSN
2214-6350
„Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„“Boriga baraka” shousi shartlari qimorga kiradimi?“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Futbol jamoalariga pul tikish qimor ekanligi aytildi“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda“
qalampir.uz
. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
„Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Қимор ўйинлари“
islommoliyas.uz
. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
„Оммалашиб бораётган «гиёҳвандлик». Тотализаторнинг қандай зарарли томонлари бор?“
kun.uz
. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
„Bu masalada o‘rganishlar, tadqiqotlar olib borilmaydi yoki ommaga oshkor qilinmaydi. Onlayn qimorga mukkasidan ketishning sabab va oqibatlari“
oyina.uz
. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
Qoʻshimcha adabiyotlar
tahrir
manbasini tahrirlash
Chambers, Kerry.
Gambling for profit: Lotteries, gaming machines, and casinos in cross-national focus
(U of Toronto press, 2011).
Ferentzy, Peter, and Nigel Turner. „Gambling and organized crime-A review of the literature.“
Journal of Gambling Issues
23 (2009): 111–155.
Ferentzy, Peter, and Nigel E. Turner.
A history of problem gambling
(Springer-Verlag, 2013) (
Wayback Machine
saytida 4 November 2018 sanasida
arxivlangan
Haller, Mark H. „The changing structure of American gambling in the twentieth century.“
Journal of Social Issues
35.3 (1979): 87–114.
Richard, Brian. „Diffusion of an economic development policy innovation: Explaining the international spread of casino gambling.“
Journal of Gambling Studies
26.2 (2010): 287–300.
Online
Schwartz, David G.
Roll The Bones: The History of Gambling
(2006), scholarly history with global perspective
excerpt
Havolalar
tahrir
manbasini tahrirlash
Vikilugʻatda
qimor
nomli maqola mavjud.
Vikiiqtibosda
Qimor
ga tegishli iqtiboslar mavjud.
Vikiomborda
Qimor
“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
Center for Gaming Research
– at
University of Nevada, Las Vegas
Institute for the Study of Gambling and Commercial Gaming
at the
University of Nevada, Reno
YouTubeda „Qimor haqida“ nomli video mavjud
Ushbu maqolani tinglang
15
daqiqa
noicon
Bu audiofayl
ushbu maqolaning
2024-yil
18-dekabr
2024-12-18
sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.
Yordam
Koʻproq audiomaqolalar
Qimor
Qimor o'yinlari terminologiyasi
Joylar
Kazino
Roʻyxati
Onlayn kazino
Karta xonasi
Racino
Riverboat kazinosi
Fan
Matematika
Qimor matematikasi
Bukmeykerlik matematikasi
Strategiyalar
Foydali qimor
Kartalarni sanash
Kubiklarni boshqarish
Osiyo handicap
Due Column tikish
Labushyer tizimi
Martingale
Mintaqa boʻyicha
Afrika
Angola
Nigeriya
Janubiy Afrika
Osiyo
Bangladesh
Kambodja
Xitoy
Gongkong
Makao
Hindiston
Yaponiya
Pokiston
Filippin
Manila
Rossiya
Singapur
Tayvan
Tailand
Turkiya
Vetnam
Yevropa
Estoniya
Fransiya
Italiya
Norvegiya
Rossiya
Turkiya
Ukraina
Birlashgan Qirollik
Shimoliy Amerika
Meksika
Amerika Qo'shma Shtatlari
Kanada
Kvebek
Ontario
BC
G'arbiy Kanada
Atlantika Kanadasi
Okeaniya
Avstraliya
Yangi Zelandiya
Janubiy Amerika
Braziliya
Oʻyinlar
Kazino o'yini
Tikishlar ro'yxati
Muammolar
Qimor qonunlari
Muammoli qimor o‘yinlari
Video o'yinlarga qaramlik
Turkum
Vikiombor
Vikilugʻat
" dan olindi
Turkumlar:
Qimor o‘yinlari
Oʻyinlar
Qimor
Qimor o'yinlari terminologiyasi
Yashirin turkum:
Webarxiv andozasi wayback havolalari
Andozalar:Vikimedia loyihalariga havolalar
Audiomaqolalar
Qimor
Mavzu qoʻshish