Vikipediya - Vikipediya
Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediya
Web-manzil
www.wikipedia.org
Interwiki
XX:
Asosiy boʻlim
jami 287 boʻlim
Asos solingan sana
15-yanvar, 2001
Asoschi
Jimmy Wales
va
Larry Sanger
Maqolalar soni
20 milliondan dan ortiq
Egasi
Wikimedia Foundation
Litsenziya
erkin
Reklama
yoʻq
Vikipediya
— koʻp tilli, erkin,
onlayn
ensiklopediya
. U koʻngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik hamda
vikiga
tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladi. Ushbu loyiha 2001-yil 15-yanvarda mutaxassislarga moʻljallangan
Nupediaga
toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni
notijorat
Wikimedia Foundation
tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp koʻzdan kechiriladigan maʼlumot manbasiga aylandi
. Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 59 milliondan oshiq
maqola
bor. Vikipediyaning eng katta
ingliz
tili boʻlimi
7172444
ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish
Encyclopædia Britannica
Britaniya Ensiklopediyasi
)dagi
maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari, Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi ortidan unga yondosh
Vikiombor
Vikilugʻat
Vikikitob
Vikiversitet
Vikiiqtibos
hamda
Vikiyangiliklar
kabi loyihalar ham paydo boʻlgan.
Tarixi
Asosiy maqola:
Vikipediya tarixi
wikipedia.com
va
wikipedia.org
domenlari
mos ravishda 2001-yil 12-yanvarda
va 2001-yil 13-yanvarda
roʻyxatga olingan.
Vikipediyaga 2001-yil 15-yanvarda
Amerika Qoʻshma Shtatlari
fuqarolari
Jimmy Wales
va
Larry Sanger
asos solishgan. Sanger „Vikipediya“ soʻzini inglizcha „wiki“ va „encyclopedia“ soʻzlarini birlashtirib oʻylab topgan. „Wiki“ soʻzi aslida
gavayiliklarning
soʻzi boʻlib, „tez“ degan maʼnoni bildiradi va koʻpchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyati
Britannica
sifatiga yoki undan ham yuqori darajaga erishish va ensiklopediyani bosma holida tarqatish boʻlgan edi.
Oʻzbek tilidagi Vikipediya
Asosiy maqola:
Oʻzbekcha Vikipediya
Oʻzbek tilidagi Vikipediyada
339 885 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni — 259 268, ulardan 741 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazo bilan qoʻshib hisoblaganda) — 1 218 320.
Oʻzbekcha Vikipediyaning Oʻzbekiston hududida toʻsilishi
Asosiy maqola:
Oʻzbekcha Vikipediya#Toʻsilishi
2011-yilning oxirida nomaʼlum sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududida oʻzbek Vikipediyasi toʻsib qoʻyildi
. Bu oʻzbekcha Vikipediyaning rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirdi. Bugungi kunda esa Oʻzbekistonda foydalanuvchilar oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini hech qanday muammolarsiz ocha oladilar.
Turli tillardagi nashrlari
Vikipediya juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:
Inglizcha Vikipediya
7172444
Nemischa Vikipediya
3115845
Fransuzcha Vikipediya
2753538
Toʻliq roʻyxat
bu yerda
Manbalar
„Wikipedia.org Sayt haqida ma'lumot (Inglizcha)“
. Alexa Internet. 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 18 fevral, 2012.
Wayback Machine
saytida 2018-12-25 sanasida
arxivlangan
„WHOIS domain registration information results for wikipedia.com from Network Solutions“
(27-sentyabr, 2007). 27-sentyabr, 2007da asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 31-avgust, 2018.
„WHOIS domain registration information results for wikipedia.org from Network Solutions“
(27-sentyabr, 2007). 27-sentyabr, 2007da asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 31-avgust, 2018.
„Ўзбекистонда ўзбекча Wikipedia тўсиб қўйилди“
. Ozodlik Radiosi (16 fevral 2012). Qaraldi: 18 fevral, 2012.
Havolalar
Vikiiqtibosda
Vikipediya
ga tegishli iqtiboslar mavjud.
Vikimedia Jamgʻarmasi
loyihalari
Vikipediya
Vikilugʻat
Abstrakt Vikipediya
Vikiiqtibos
Vikimanba
Vikikitob
Vikiombor
Vikiturlar
Vikiyangiliklar
Vikiversitet
Vikimaʼlumotlar
Vikigid
Meta-viki
Vikiinkubator
Asoschilar
Jimmy Wales
Larry Sanger
Boshqa
Hududlardagi Vikimedia tashkilotlari
" dan olindi
Turkumlar:
Vikipediya
Koʻp tilli saytlar
MediaWiki vebsaytlari
Onlayn ensiklopediyalar
Taʼlim saytlari
Vikimedia loyihalari
Yashirin turkum:
Webarxiv andozasi wayback havolalari
Vikipediya
Mavzu qoʻshish
US