Xitoy - Vikipediya
Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqolada
manbalar
teglariga olinmagan
yoki
umuman koʻrsatilmagan
Iltimos,
qoida va koʻrsatmalarga
muvofiq maqolani vikilashtiring.
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang:
Xitoy (maʼnolari)
Bu maqola
Xitoy Xalq Respublikasi
haqidadir.
Xitoy Respublikasi
bilan adashtirmang.
Xitoy Xalq Respublikasi
中華人民共和國 / 中华人民共和国
Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó
Bayroq
Gerb
Madhiya
The March of the Volunteers
Poytaxt
Pekin
Rasmiy til(lar)
Xitoy tili
Yetakchilar
Prezident
Si Tszinpin
Premyer
Li Ketsyan
Mustaqillik
Chin Sulolasidan
1-yanvar
1912-yil
Xitoy Respublikasidan
1-oktyabr
1949-yil
Maydon
• Butun
9,596,962 km
3-oʻrin
• Suv (%)
3,8
Aholi
• 2024-yilgi roʻyxat
1,425,362,262 (
2-oʻrin
Zichlik
139,6/km
YIM
XQT
2011-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$
11.299 trln
• Jon boshiga
AQSh$
8,382
Pul birligi
Yuan
CNY
Qisqartma
CH
Telefon prefiksi
86
Internet domeni
.cn
tahrir
kuzat
Xitoy
Xitoy Xalq Respublikasi
xitoycha
中華人民共和國
中华人民共和国
Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó
),
XXR
Markaziy
va
Sharqiy Osiyoda
joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng koʻp (Hindistondan keyin 2-oʻrin) va maydoni jihatidan 3 o'rindagi (Rossiya, Kanadadan keyin) davlat. Sharqda
Tinch okeanning
Sariq
Sharqiy Xitoy
va
Janubiy Xitoy
dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni - 9,6 mln. km². Aholisi - 1 milliard 425 million kishi,
Hindistondan
keyingi 2-oʻrin dunyoda aholisi nisbatan (2024).
Poytaxti
Pekin
shahri. Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (
Xitoy Taypeyi
ham shu hisobga kiradi), 5
muxtor rayon
va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (
Pekin
Shanxay
Tyendzin
Chunsin
)ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoy Xalq Respublikasining amaldagi
konstitutsiyasi
1988-yil 4-dekabrda qabul qilingan; 1988, 1993, 1999-yillarda ayrim tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiyaga koʻra, Xalq vakillari Umumxitoy majlisi (XVUM) davlat hokimiyatining oliy organi. XVUM davlat boshligʻi – XXR raisi (2012-yildan
Si Tszinpin
) va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni XVUM amalga oshiradi. XVUM provinsiya, muxtor rayon, markazga boʻysunuvchi shaharlar va qurolli kuchlar tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat. XVUMning doimiy ishlovchi organi Doimiy qoʻmitadir. XVUM vakolat muddati 5 yil Ijroiya hokimiyatni
Davlat kengashi
hukumat
) amalga oshiradi. U XVUM va uning doimiy qoʻmitasi oldida hisob berib turadi. Davlat kengashining vakolat muddati 5 yil hisoblanadi.
Tabiati
tahrir
manbasini tahrirlash
XXR, asosan,
moʻtadil
va
subtropik
mintaqalarda (janubiy qismida kichikroq hudud
tropik
mintaqada) joylashgan. Tabiati jihatidan Sharqiy Osiyoda joylashgan sharqiy va Markaziy Osiyoda joylashgan gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Mamlakatning sharqi dengiz boʻyi pasttekisliklari, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bilan band. Xitoyning gʻarbi esa baland togʻlik, kata tizmalar, keng yassitogʻlik va botiqlardan iborat. Xitoy qirgʻoq chizigʻining uz. 15 ming km chamasida. Kichik qoʻltiq va buxta koʻp. Yirik yarim orollari:
Shandun
va Lyaodun.
Xitoy – murakkab orografiyaga ega boʻlgan togʻli oʻlka. Mamlakatning janubi-gʻarbida
Tibet togʻligi
, undan shimolroqda Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklar mintaqalari va atrofi togʻlar bilan oʻralgan Sharqiy Xitoy pasttekisliklari yaqqol ajralib turadi. Tibet togʻligi Xitoyning eng baland qismidir (oʻrtacha bal. 4500 m ga yaqin).
Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklari gʻarbda bir-biridan Sharqiy
Tyanshan
togʻlari bilan ajralgan.
Qashqar tekisligi
va
Jungʻariya
tekisligini oʻz ichiga oladi. Ularga janubi-sharqdan
Turfon soylig
i (tubi dengiz sathidan 154 m past) tutashgan. Sharqroqda esa Gashun Gobisi, Alashan va Ordos plato va tekisliklari, ular orasida Beyshan, Alashan va Inshan togʻlari joylashgan. Sharqiy Xitoy pasttekisliklari, asosan, Sariq dengiz sohili boʻylab shimolidan jan.ga choʻzilgan va tog tizmalari bilan oʻralgan.
Xitoyda foydali qazilmalardan toshkoʻmir va yonuvchi slanes, neft, temir va marganets rudalari, boksit, qalay, volfram, simob, mis va polimetall rudalari, oltin, toshtuz konlari bor.
Xitoy iqlimi gʻarbda kontinental, sharqda, asosan, mussonli. Mavsumlar davomida havo temperaturasining farqi katta. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi
Xarbin
da —20,4°, Pekinda —4,6°, iyulniki xuddi shu joylarda 23° va 26°. Yillik yogʻin Sharqiy Xitoyda 500–2000 mm (koʻp qismi yozda yogʻadi). Gʻarb va shimoli-gʻarbga tomon ikdimning kontinentalligi ortib boradi. Yoz issiq (Turfon botigʻida iyulning oʻrtacha temperaturasi 34°), kish sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Xitoy shimolida (Xaylar) – 28°, gʻarbida (Urumchi) – 14,9°. Yillik yogin 250 mm dan kam, Qashqar tekisligi va
Saydam
da 50 mm dan kam. Tibet togʻligida kish juda sovuq, yozi esa salqin. Gartokda (
Hind daryosi
ning yuqori qismi) yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 11,8°, iyulniki 11,8°. Traning sutka davomidagi farqi katta. Kuchli shamollar esadi. Xitoyning baland togʻlarida muzliklar bor, lekin yogʻin kamligidan ularning maydoni katta emas (100 ming km² chamasida).
Tuproqlari Xitoyning sharqiy qismida chimli podzol, qoʻngʻiroʻrmon, sariqjigarrang, sariq va har xil qizil tuprokdar, dare vodiylarida esa allyuvial tuprokdar tarqalgan. Dengiz sohidlarida shoʻrlangan tuprokdar uchraydi. Xitoy gʻarbiy qismining tuprogʻi choʻlga xos kashtan, qoʻngʻir, sur tusli qoʻngʻir tuproklar, togʻ oldi tekisliklari va togʻlarda boʻz, togʻkashtan va togʻoʻtloq, Tibet togʻligida esa sovuq choʻlga xos tuprokdar.
Xitoyda daryo koʻp. Mamlakat sharqidagi daryolar sersuv va ularda kema qatnaydi. Yiriklari –
Yanszi
Xuanxe
Sungari
, Chjutszyan.
Mekong
Saluin
Braxmaputra
daryolarining bir qismi ham Xitoydan oqib oʻtadi. Xitoy gʻarbida daryolar kamsuvli, ayrimlari yozda qurib qoladi. Ularning yiriklari –
Yorkend
va Oqsuv. Koʻl koʻp; asosiylari – Kukunor,
Duntinxu
, Poyanxu.
Xitoyning sharqiy qismida juda xilma-xil (25 mingdan ziyod) oʻsimlik turi mavjud. U yerda aholi qadimdan zich yashaganligidan oʻrmon, asosan, togʻli yerlarda qolgan. Pasttekisliklarning hammasi ekinzor va bogʻ. Yanszi daryosi quyi oqimidan janubida doim yashil subtropik, eng janubida tropik oʻrmon va mangra chakalakzorlari mavjud. Xitoyning gʻarbiy qismida yuksak oʻsimliklarning turi 5 mingdan oshadi. Xingan togʻlari etagidagi dashtlarda boshokdi oʻtlar,
Tibet togʻligidagi
choʻllarda oʻt va butalar oʻsadi. Togʻ vodiylari subalp oʻtlokdari va oʻrmonli dashtdan iborat.
Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil.
Umurtqalilar
ning 3500 turi (shundan 400 turga yaqini
sut emizuvchila
r) va qushlarning 1000 dan ziyod turi bor. Xitoyning janubiy va janubi-gʻarbida tropik mintaqaga xos hayvonlardan har xil maymunlar, lemur, lori, karkidon, tapir, yoʻlbars; sharqida uchqir, mangust, qoplon va hokazo uchraydi. Xitoyning shimoli-sharqida Sibir tayga faunasiga xos hayvonlar, choʻllarda ot, qulon, jayran, ikki urkachli tuya, yumronqoziq, dasht va togʻ dashtida kiyik, qumsichqon, yovvoyi qoʻy, echki, turli yirtqich va sudralib yuruvchilar yashaydi. Bir necha
qoʻriqxona
bor.
Tabiat hodisalari
tahrir
manbasini tahrirlash
Vaqti-vaqti bilan Xitoyda
tayfunlar
boʻlib turadi,
2021-yil
25-iyulda
Xitoyning sharqidagi Chjensyan provinsiyasiga In-fa tayfuni yopirildi. Tayfun episentri yaqinida shamol tezligi soniyasiga 38 metrgacha yetgan
Aholisi
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoy – koʻp millatli davlat. Jami aholining 95 % i
xitoylar
; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub boʻlgan 56 xalqdan iborat. Xitoylarning koʻpi mamlakatning sharqiy qismida yashaydi.
Xueylar
(7 mln.ga yaqin) ham xitoy tilida soʻzlashadi. Xitoyning shimoli-gʻarbida turkiy tillar guruhiga mansub xalqlar –
uygʻurlar
qozoqlar
qirgʻizlar
salorlar
va boshqa, shimoliy va shimoli-sharqidagi dasht va cxalqa choʻllarda mongol guruhiga kiruvchi xalqlardan
mongollar
, dunsyanlar, tular, shimoli-sharqida tungus manjur xalqlari, gʻarbi (Tibet) va janubi-gʻarbida tibet-birma xalqlari, janubida tai tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va boshqa yashaydi. Sintszyanning janubi-gʻarbida pomir tojiklari xam bor.
Dindor xitoylar
buddizm
(shimoliy tarmogʻi),
daosizm
va
konfutsiychilikka
eʼtiqod qiladi.
Tibetlar
va mongollarning dini – buddizm-
lamaizm
. Xueylar va turkiy guruhga kiruvchi xalqlarning koʻpchiligi
islom
dinining
sunna
mazhabiga eʼtiqod qiladi (pomir tojiklari
ismoiliya
mazhabida). Rasmiy til –
xitoy tili
. Yirik shaharlari:
Shanxay
Pekin
Tyantszin
Lyuyda
Uxan
Chunsin
va boshqalar kiradi.
Aholining pensiya yoshi
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoyda tugʻilish surʼatining pasayishi va umr davomiyligining oʻsishi kuzatilmoqda. Ekspertlarning fikricha, pensiya yoshi oshirilmasa, mamlakatda iqtisodiy oʻsish sekinlashadi va ishchi kuchi yetishmasligi boshlanadi.
Xitoy hukumati aniq raqamlarni keltirgani yoʻq. Hozirda Xitoyda erkaklar mehnat faoliyatini 60 yoshda yakunlaydi. Xizmat koʻrsatish sohasida ishlaydigan ayollar pensiyaga 55 yoshda, jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan ayollar esa 50 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin.
Xitoyda pensiyaga chiqish borasidagi yosh chegaralari 1950-yillarda belgilangan bo'lib, oʻshandan buyon oʻzgartirilmagan. Bu vaqt ichida esa mamlakatda oʻrtacha umr davomiyligi uzaygan: 1949-yilda oʻrtacha umr davomiyligi Xitoyda 40 yosh boʻlgan; 2019-yilda esa bu koʻrsatkich 77,3 yoshni tashkil qilgan
Tarixi
tahrir
manbasini tahrirlash
Shimoliy Xitoy hududida ilk ibtidoiy madaniyat qoldiqlari, Pekin yaqinida
ilk paleolit
davri manzilgohdaridan toshga aylangan
sinantrop
qoldiqlari topilgan. Xitoyda
oʻrta paleolit
davriga mansub Xetao (Ordos) madaniyati, sunggi neolit davriga mansub
Yanshao
va Lunshan madaniyatlari, ayniqsa, mashhur. Yanshao madaniyatida (taxminan mil. av. 3 ming yillik urtalaridan 2 000 yillik oʻrtalarigacha) odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan birga dehqonchilik va chorvachilik bilan ham shugʻullanganlar. Xitoyda ibtidoiy jamoa tuzumi jez davrigacha davom etgan.
Soʻnggi 20 yil ichida
Taklamakon choʻli
atrofida 5—6 ming yillik tarixga ega boʻlgan jasadlar, mato boʻlaklari, sopol idish va boshqa topilganligi Xitoyning gʻarbiy hududida ham nihoyatda qadimiy madaniyat boʻlganligidan dalolat beradi.
Miloddan avvalgi 1766—1122-yil Xuanxe daryosining oʻrta oqimlarida dastavval Shang, keyinchaliik xalq „In“ deb nomlangan (
Shang In
davri) ilk davlat tuzumi tashkil topgan. In davlati uzoq yillar davomida qoʻshni qabilalar bilan urush olib borganligi tufayli miloddan avvalgi XI asrga kelib, uning hududi birmuncha kengaydi.
In davrida madaniyat rivojlandi,
Oy kalendari
ning belgilari, yozuv – hozirgi
xitoy iyeroglif
yozuvining ibtidosi paydo boʻldi. Shu davrda In davlatining gʻarb tomonida
Chjou
deb nomlangan qabila kuchayib, oʻz davlatini tashkil qildi (miloddan avvalgi 1122—256) va In davlatini bosib oldi.
Djou
davlati gʻarbiy Djou (miloddan avvalgi 1122—771) va
Sharqiy Djou
(mil. av. 770—256) kabi 2 qismga boʻlingan. Ushbu davrda quldorlik yanada rivojlandi. Djou qabilasi bosib olgan katta hudud dastlabki Djou vanlari tomonidan oʻz qarindoshlari, yaqinlari va lashkarboshilariga boʻlib berildi. Shu sababli keyinchalik bu hududlarda bir-biri bilan kurash olib borgan bir qancha podsholiklar paydo boʻldi. Kurash davomida ayrim yirik podsholiklar vujudga keldi. Bu podsholiklar Djou vanlarining hokimiyatini tan olmay qoʻydi. Shundan keyin ular oʻrtasida ikki yarim asr davomida urushlar yuz berdi.
Bu davr kurashuvchi yoki urushuvchi davlatlar davri (Django davri – miloddan avvalgi (475—221) deb nomlandi. Mazkur davrda urush
Sin
Chin
Chu
Xan
Jao
Vey
Yan
kabi 7 davlat orasida yuz berdi. Django davrida temir ishlab chiqarish, undan kurol yasash tez rivojlandi. Bu hol dehqonchilik taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Hunarmandchilik ixtisoslasha boshladi, savdo-sotiq taraqqiy etdi, shaharlar qurildi va u devorlar bilan oʻraldi. Yerga xususiy egalik paydo boʻldi. Sinfiy qarama-qarshilik va turli podsholiklar oʻrtasida avj olgan siyosiy kurash mafkurada ham oʻz aksini topdi. Miloddan avvalgi VI-III asrlarda konfutsiychilik,
daosizm
moizm
(faylasuf Motszi taʼlimoti) va boshqa falsafiy oqimlar shakllandi. Django davrida podsholiklar oʻrtasida olib borilgan urushlar
Sin
podsholigining gʻalabasi bilan tugallandi. Natijada
Xitoy
da birinchi markazlashgan
Sin imperiyasi
(miloddan avvalgi 221—207) barpo etildi. Imperiyaning asoschisi va birinchi imperatori
Sin Shixuandi
mamlakatni birlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan qator islohotlar oʻtkazdi. Uning davrida xunlarga qarshi mudofaa devorini qurish maqsadida shimolidagi podsholiklar devorlari birlashtirilib,
Buyuk Xitoy devori
barpo etildi. Ogʻir zulmga javoban xalq gʻalayonlari koʻtarilib, miloddan avvalgi 206-yilda
Sin imperiyasi
tugatildi.
Lyu Ban
Gao dzu
) yangi sulola va imperiya – Birinchi Xan imperiyasiga (miloddan avvalgi 206-milodiy 25 yillar) asos soldi.
Xan
imperiyasi davrida yirik savdo markazlari (
Loyan
Chendu
Xandan
Lindzi
) paydo boʻldi, tovar-pul munosabatlari, ichki va tashqi savdo rivojlandi.
Sharqiy Turkiston
orqali gʻarbga –
Oʻrta Osiyo
va
Yaqin Sharq
mamlakatlariga boradigan savdo yoʻli rivojlantirildi (qarang:
Buyuk ipak yoʻli
). Bu davrda quldorlikning eng yuqori darajaga koʻtarilishi
Gʻarbiy Xan imperiyasida
ijtimoiy ziddiyatlarning avj olishiga sabab boʻldi. Dehqon, askar va qullarning qoʻzgʻolonlari ommaviy tuz oldi (bu qoʻzgʻolonlar tarixga „qizil qoshlar“ va „yashil oʻrmon odamlari“ qoʻzgʻoloni nomi bilan kirgan). 25 yil qoʻzgʻolonchilar poytaxt Chanʼanni egallagandan soʻng Gʻarbiy Xan imperiyasi tugatildi. Zamindor zodagonlar qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurash mobaynida
Lyu Syu
boshchiligida Soʻnggi (Ikkinchi yoki
Sharqiy Xan
) imperiya (25—220)ga asos soldilar. 27 yil „qizil qoshlar“ qoʻzgʻoloni bostirilgan boʻlsada, Lyu Syu faqat 37 yilga kelibgina mamlakatni birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 184—204 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlaridan soʻng imperiya inqirozga uchradi. Shundan keyingi uch yarim asr davomida Xitoy mayda podsholiklarga boʻlinish holatida boʻldi. 220-yilga kelib Sango nomini olgan uch davlat – Uch podsholik [Vey (220-265), Shu (221-263), U (222-280)] paydo boʻldi. 265-yil Uch podsholik davri tugab, mamlakat
Gʻarbiy Szin sulolasi
hukmronligi ostida birlashdi (265—316). Lekin 316-yilda koʻchmanchi xalqlar Szin imperiyasini tor-mor qilib butun
Shimoliy Xitoyni
bosib oldi. Natijada Shimoliy Xitoyda turli davrlarda 16 ta noxitoy podsholiklari hukm surdi. Xitoy zodagonlarining koʻp qismi shimolida Janubiy Xitoyga koʻchib oʻtib, Sharqiy
Szin
sulolasi (317—420)ni barpo etdilar. Noxitoy podsholiklar oʻrtasida 100 yildan ortiq davom etgan oʻzaro urushlar natijasida
Toba Vey
(Shimoliy Vey) davlati (386—534) gʻolib chiqib, butun Shimoliy Xitoyni oʻz qoʻl ostida birlashtirdi.
4—6-asrlarda budda yer egaligi rivojlandi. Buddizm Xitoyga milodiy I asrda
Hindistondan
Gʻarbiy
va
Sharqiy Turkiston
orqali kirib kelgan. 420—581 yillarda Janubiy va
Shimoliy sulolalar
(Nanbey chao) xukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatning janubida
Sun
(420—479),
Chi
(479-502),
Lyang
(502-557),
Chen
(557—589), shimolida
Shimoliy Vey
(386-534),
Sharqiy Vey
(534-550).
Shimoliy Chi
(550577),
Gʻarbiy Vey
(535-557),
Shimoliy Chjou
(550-581) kabi davlatlar paydo boʻldi. Janubidagi davlatlar xitoylar tomonidan, shimolidagi davlatlar esa xitoy boʻlmagan xalqlar tomonidan tashkil etildi. 581-yilda Xitoydagi mayda davlatlarni birlashtirish asosida
Suy sulolasi
(581—618), 618 yilda
Tan sulolasi
(618—907) hokimiyat tepasiga keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, etnik jihatdan Tan sulolasi turklarga aloqador boʻlganligi sababli dastlabki mazkur sulola turklar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. VII asr oxirida
Tan imperiyasi
harbiy jihatdan yuksaldi, bosqinchilik urushlari olib bordi. 630-yil Sharqiy Turk xoqonligi, 657-yil
Gʻarbiy turk xoqonligi
ga zarba berilishi natijasida Sharqiy Turkistondagi davlatlar 100 yilga yaqin Xitoyga qaram boʻlib qoldi. 751-yil Tan armiyasi
Talas jangida
arablar
tomonidan magʻlubiyatga uchragach, imperiya gʻarbga qilmoqchi boʻlgan yurishdan voz kechishga majbur boʻldi.
Uygʻur xoqonligi
davri (745—840)da esa uning taʼsiri ostiga tushib qoldi.
VIII asr oʻrtalaridan markaziy hokimiyat bilan chekka viloyat hokimlari oʻrtasida kurash kuchaydi, 874—901 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlari natijasida
Tan imperiyasi
inqirozga yuz tutdi. Soʻngra tarixda turli toʻdalar kurashi va mamlakatning mayda hokimliklarga boʻlinib ketishi bilan mashhur boʻlgan U day shigo („Besh sulola 10 ta hokimlik“, 907—960) deb nom olgan davr boshlandi. 960 yil sarkarda
Chjao Kuanin
soʻnggi
Chjou
(951—960) sulolasini agʻdarib tashlab
Sun imperiyasi
(960—1279)ga asos soldi. Bu imperiya davrida Xitoy hududi shimda
Buyuk Xitoy devoridan
, gʻarbda
Xuanxe daryosining
yuqori qismidan, janubida
Vyetnam
chegarasidan nariga oʻtmadi. Shimoliy va shimoli-sharqda Xitoy hududining talay kismini
Lyao
kidanlar davlati,
SiSya
tangutlar davlati bosib oldi.
Sun imperiyasi
bu davlatlarga kumush va shoyi bilan xiroj toʻlab turdi.
Xitoyga bostirib kirgan
chjurchjenlar
1125-yil Lyao imperiyasini tor-mor etib, chegaralari
Xuanxe daryosi
boʻylab oʻtadigan
Szin davlatini
barpo etdilar. 1141-yil Sun imperiyasi Szin davlatining vassaliga aylandi.
XIII asrning 1-oʻn yilligida
moʻgʻullar
Xitoyni istilo qilishga kirishib, 1279-yilda uning barcha xududini bosib oldilar. Xitoy va
Tibet
xalqlari moʻgʻullarning
Yuan sulolasi
hukmronligi (1271—1368; Xitoyda 1280-yildan) ostida yashadi. Xitoy xalqining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi olib borgan koʻp yillik kurashi XIV asr oʻrtalarida
Min sulolasi
(1368—1644)ning vujudga kelishi bilan yakunlandi.
XVI asrda Xitoyda yevropaliklar paydo boʻldi. 1557-yil
Portugaliya
Xitoyning Aomin xududini „ijara“ga oldi.
Sinfiy
qarama-qarshilik, hukmron guruhlarning ichki kurashlari,
Manjuriyaning
janubida yashovchi chjurchjen qabilalari (XVII asr boshlaridan
manjurlar
)ning hujumlari natijasida XVII asr boshida
Min imperiyasi
chuqur inqirozga yuz tutdi. 1628—1645 yillardagi dehqonlar urushi natijasida
Min sulolasi
barham topdi. Xitoyni manjur bosqinchilari bosib oldi. Hokimiyat manjurlarning
Sin sulolasi
(1644—1911) qoʻliga oʻtdi. Sin imperiyasi bosqinchilik siyosatini olib borib, Ichki
Moʻgʻuliston
(1636),
Jungʻariya xonligi
(1757),
Sharqiy Turkiston
(1760),
Tibet
(XVIII asr oxiri) hisobiga oʻz xududini ancha kengaytirdi.
Sharqiy Turkistondagi
Yorkend
va
Jungʻoriya
xonliklari yoʻq qilindi. Sharqiy Turkiston Sintszyan – „Yangi chegara“ nomi bilan Sin imperiyasiga qoʻshib olindi. Sin imperiyasida dehqonlarning antimanjur qoʻzgʻolonlari avj oldi.
XVII-XVIII asrlarda Sin imperiyasi bilan rasmiy munosabatlar urnatishda muvaffaqiyatga erisha olmagan gʻarb davlatlari, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya XVIII asr oxirlaridan Xitoyga tazyiq oʻtkaza boshladi. Ingliz savdogarlari Xitoyga koʻplab afyun keltira boshladilar. 1839-yilga kelib ingliz-xitoy munosabatlari keskinlashdi va 1840—1842 yillarda
Angliya
bilan Xitoy oʻrtasida
birinchi „afyun“ urushi
boʻlib oʻtdi. Natijada inglizlar Xitoyda bir qator imtiyozlarni qoʻlga kiritdilar. 1842-yil
Nankin shartnomasiga
koʻra, Xitoy
Angliya
savdosi uchun 5 ta portini ochishga,
Syangan
Gonkong
) o.ni Angliyaga berishga, tovon toʻlash, savdo imtiyozlari va boshqa berishga majbur boʻldi. XVIII asr oxirlaridan Sin imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Sinfiy va milliy ziddiyatlar kuchaydi. 1844-yil Xitoy
AQSh
hamda
Fransiyaga
ham shunday imtiyozlar beradigan shartnomalarni imzolashga majbur boʻldi. Xitoy yarim mustamlaka mamlakatga aylana boshladi. Ayni vaqtda Xitoyning turli viloyatlarida xalq ommasining manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgolonlari avj oldi. 1850-yil taypinlarning liniy mazhabi manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang
Taypin qoʻzyuloni
). Mazkur qoʻzgʻolondan keyin Sharqiy Turkistonda ham umumiy xalqqoʻzgoloni yuz berdi. Natijada ushbu mamlakat 14 yil davomida mustaqil boʻldi.
1856-yil
Angliya
, soʻngra
Fransiya
Xitoy
dagi mavqelarini yanada mustahkamlash maqsadida Xitoyga qarshi yangi urush ochdilar (ikkinchi „afyun“ urushi). Ular 1858-yil shimolidagi
Dagu fortlarini
egallab,
Tyantszin
va
Pekinga
jiddiy xavf soldilar.
Sin
hukumati taslim boʻldi. 1860-yil
Angliya-Fransiya ekspeditsiyasi
'''Pekin'''ni
ishgʻol qildi. 1860-yilgi Pekin shartnomalariga koʻra, Xitoy Angliya bilan Fransiyaga katta tovon toʻlashga,
Buyuk Britaniyaga
Szyulun
Koulun
) orolining bir qismini berishga, chet el savdosi uchun
Tyantszinni
ochib qoʻyish va boshqa shartlarga rozi boʻldi.
1860-yillardan Angliya, Fransiya va AQSh Sin hukumatiga taypinlarga qarshi kurashda yordam bera boshladi. „Afyun“ urushlari va taypinlar qoʻzgʻolonining bostirilishi natijasia
Angliya
AQSh
va
Fransiya
Xitoy
dagi mavqelarini mustahkamlab oldi. 1884—1885 ylardagi
Xitoy-Fransiya urushida
Xitoy
yengildi. Oʻsha yillari Xitoyning
Yaponiya
bilan munosabatlari yomonlashdi.
Yaponiya
1874-yilda
Tayvanni
bosib olishga urindi. 1879-yilda
Ryukyu orollarini
egalladi. 1894-yil esa
Yaponiya-Xitoy urushi
boshlandi. Xitoy bu urushda yengildi. Urush natijasida shu davrgacha Xitoy qoʻl ostida boʻlgan
Koreya
mustaqillikka erishdi,
Tayvan oroli
va
Penxuledao orollari
Yaponiyaga
berildi.
Germaniya
Fransiya
Buyuk Britaniya
Yaponiya
va
Chor Rossiyasi
Xitoyning bir qancha hududini „ijara“ga oldilar va Xitoyda oʻz taʼsir doiralarini barpo etdilar. Xitoyning boshqa davlatlar tomonidan bosib olinishi va Sin hukmdorlarining taslimchilik siyosati Xitoyda katta norozilikka sabab boʻldi. 1894-yil Xitoyda
Sun Yatsen
boshchiligida inqilobiy demokratik harakat maydonga keldi. 1899-yil yirik antiimperialistik
Ixetuan qoʻzgʻoloni
boʻlib oʻtdi. Imperialistik davlatlar (
Buyuk Britaniya
Germaniya
Avstriya-Vengriya
Fransiya
Yaponiya
AQSH
Rossiya
Italiya
) Xitoyga karshi kurashdi.
Intervensiya boshlab, 1900-yil avgustda Pekinni ishgʻol qildilar. 1901-yil 7-sentabrda chet davlatlar bilan Xitoy oʻrtasida „Yakunlovchi bayonnoma“ imzolanib, Sin imperiyasi yarim mustamlakaga aylantirildi. XX asr boshida Xitoy yarim mustamlaka mamlakat namunasi edi. 1905-yil
Sun Yatsen
Yaponiyada
Tunmenxoy inqilobiy partiyasini
tuzdi. 1910-yilga kelib shahar va qishloqlarda qoʻzgʻolonlar yangidan avj oldi. Xitoyda temir yoʻl qurilishini chet el monopoliyalariga topshirilishiga qarshi 1911-yil sentabrda
Sichuanda
boshlangan harakat hukumatga qarshi qoʻzgʻolonga qoʻshilib ketdi. Bu qoʻzgʻolonlar
Sinxay inqilobining
boshlanishiga sabab boʻldi.
1911-yil dekabrda
Sun Yatsen
16 yillik emigratsiyadan qaytib keddi. 1912-yil 1-yanvarda Xitoy rasman respublika deb eʼlon qilindi. 1912-yil 12-fevralda Sin sulolasi agʻdarilib, monarxiya bekor qilindi. Inqilobiy viloyatlar vakillarining
Nankindagi
majlisida Sun Yatsen Xitoy respublikasining muvaqqat prezidenti qilib saylandi. Ammo shimolidagi xitoy pomeshchiklari va harbi{| doiralari Yuan Shikay boshchiligida inqilobiy jan.ga qarshi harbiy harakatlarni boshladi.
1912-yil 25-avgustda Sun Yatsen tarafdorlari
Gomindan partiyasini
tuzdilar. Xitoyda
Shimoliy Xitoy
va
Janubiy Xitoy
hukumatlari paydo boʻldi.
Birinchi jahon urushi
(1914—1918) davrida
Yaponiya
Xitoy
ga nisbatan oʻz ekspansiyasini kuchaytirdi. Pekinning
Antanta
davlatlari bilan bogʻlangan militaristik hukumati 1917-yil avg.da Germaniyaga qarshi urush eʼlon kildi. Janubiy Xitoy hukumatini 1917-yil sentabrdan 1919-yilgacha Sun Yatsen boshqardi.
Xitoydagi inqilobiy harakatning rivojlanishida xitoy xalqining 1919-yil may—iyun oylaridagi mustamlakachilarga qarshi chiqishlari („Toʻrtinchi may“ harakati) muhim bosqich boʻldi. 1921-yil iyulda Shanxayda
Xitoy Kommunistik partiyasi
(XKP)ning 1taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Sun Yatsen XKP va ishchidehqon harakati bilan yaqinlashish yoʻlini tanladi. 1923-yil fevraldan Sun Yatsen yana
Guanchjouda
Janubiy Xitoy
hukumatini boshqardi va
Milliy inqilobiy armiya
(MIA)ni tuzdi.
1924-yil kuzda inglizlar Xitoy muxolifatchi kuchlar bilan birgalikda
Sun Yatsen
hukumatini agʻdarib tashlamoqchi boʻldilar, lekin
MIA
va ishchi otryadlari bu harakatni bostirdilar.
1925—1927 yillarda Xitoyda kommunistlar rahbarligida inqilob boʻldi. 1925-yil 1-iyulda Guanchjou hukumati oʻzini Milliy hukumat deb eʼlon qildi. 1925— 26 yillarda MIA
Guansi
Guychjou
provinsiyalari va
Xunan
provinsiyasining janubiy qismida inqilobiy hokimiyat oʻrnatdi. Shundan keyin kommunistlar bilan gomindanchilar oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Kommunistlar sovet hukumati,
Chan Kayshi
boshchiligidagi gomindanchilar
'''AQSh'''
yordamiga suyandi. Sovet hukumati yordamidan toʻla foydalanish maqsadida kommunistlar oʻz bazalarini shimolga koʻchirishni lozim topdi. Shu bois 1926-yil iyulda MIA shimolga yurish boshladi. 1927-yil martda XKP rahbarligida qoʻzgʻolon koʻtargan Shanxay ishchilari shaharni ozod qildilar. Tez orada
Nankin
ham ozod etildi. Gomindanning oʻng qanoti MIA Bosh qoʻmondoni
Chan Kayshi
boshchiligida 1927-yil 12-aprelda
Shanxay
va
Nankinda
, soʻngra
Guanchjouda
toʻntarish qildi. 1927-yil 18-aprelda Nankinda aksilinqilobiy „Milliy hukumat“ tuzildi. 1927-yil iyulda
Uxanda
ham aksilinqilobiy toʻntarish oʻtkazildi. Koʻp oʻtmay chap qanot gomindanchilar ham ularga taslim boʻldi.
XKP
qonundan tashqari deb eʼlon qilindi.
Xitoy milliy inqilobi magʻlubiyatdan soʻng gomindan reaksion diktaturasi qaror topdi.
Xitoyning koʻp qismida gomindan hukmronligiga qaramasdan ayrim qishloq rnlarida XKP rahbarligida
Xitoy Qizil armiyasi
otryadlari, oʻsha davrda sovetlar deb ataluvchi inkilobiy demokratik hokimiyat oʻchokdari (asosan, Janubiy va
Markaziy Xitoyda
) tuzildi, demokratik tadbirlar amalga oshiriddi. 1931-yil noyabrda
Juyszin
shahri (
Szyansi
provinsiyasi)da Xitoy soveta rnlari vakillarining 1-Umumxitoy sʼyezdi boʻlib, u
Xitoy Sovet Respublikasi
(XSR)ning
MIK
va Muvaqqat markaziy hukumatini sayladi, XSR konstitutsiyasi loyihasini qabul qiddi. 1930—1933 yillarda Xitoy Qizil Armiyasi gomindan qoʻshinlarining 4 yirik yurishini qaytardi.
1931-yil oxirida yapon qoʻshinlari Shim. Sharqiy Xitoyni ishgʻol qilib, 1932-yilda
Manchjou Go
qoʻgʻirchoq hukumatini tuzdi. 1933-yil yapon qoʻshinlari deyarli qarshiliksiz
Jexe
provinsiyasini bosib oldi. 1933—34 yillarda Chan Kayshi Xitoy sovet rnlariga qarshi 5yirik yurish kildi. Xitoy Qizil Armiyasi (XKP MK bilan birga) Markaziy Xitoyni tashlab shimoli-gʻarbga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi (1934-yil oktabr – 1936-yil noyabr) va
Shensi
hamda
Gansu
provinsiyalari chegarasiga chiqdi. 1936-yil Yaponiya agressiyasi xavfining kuchayishi va keng xalq ommasining noroziligi gomindan rahbarlarini Xitoy Qizil Armiyasiga qarshi kurashni toʻxtatishga majbur etdi.
1937-yil iyulda Yaponiya butun Xitoyni bosib olish rejasini amalga oshirishga kirishdi. Urushning birinchi oylaridayoq yaponlar Xitoyning katta qismini, jumladan,
Beypin
Pekin
),
Tyantszin
Shanxay
va boshqa shaharlarini bosib oldi. Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi ozodlik urushi (1937—1945) boshlandi. Xalqning tazyiqi ostida gomindan rahbarlari 1937-yil 23-sentabrda XKP bilan gomindan oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilganligini maʼlum qildi. Yapon qoʻshinlari 1937-yil iyuldan 1938-yil oktabrgacha Shimoliy Xitoyning barcha hududini, Markaziy Xitoyning bir qismini, shuningdek, Janubiy Xitoyning muhim dengiz boʻyi rnlarini bosib oldi. XKP yaponlar bosib olgan rayonlarda partizanlik harakatini keng avj oldirdi.
Sovet Armiyasi oʻtkazgan Manjuriya strategik operatsiyasi (1945) natijasida Shimoli-sharqiy Xitoy va Ichki
Mongoliya
yapon militaristlaridan ozod etildi. 1945-yil 2-sentabrda
Yaponiya
soʻzsiz taslim boʻldi. 1945-yil 13-oktabrda
Chan Kayshi
hukumati qoʻshinlari ozod kilingan hududlarga hujum boshladi.
Gomindan hukumati
va XKP harbiy harakatlarni toʻxtatishga kelishgan (1946-yil 10-yanvar) boʻlsa ham 1946-yil iyulda Chan Kayshi tarafdorlari butun mamlakat miqyosida fuqarolar urushini yana boshlab yubordi. AQSH chankayshichilarga har tomonlama yordam koʻrsata boshladi. Biroq Xitoy Xalq ozodlik armiyasi gomindanchilarga karshi muvaffakiyatli janglar olib borib, 1948—1949 yil yanvar butun Shim. Sharqiy Xitoy, Shimoliy Xitoyni, Shimoli-Gʻarbiy Xitoyning koʻp qismini, Markaziy Xitoyning Yanszi daryosigacha boʻlgan yerlarini ozod kildi. 1949-yil kuzga kelib Xitoy Xalq ozodlik armiyasi hujumni davom ettirdi va Shimoli-Gʻarbiy Xitoy va Markaziy Xitoyni, Janubiy va JanubiGʻarbiy Xitoyning katta qismini ozod qildi. Chan Kayshi toʻdasi esa Tayvanga qochdi. 1949-yil 1-oktabrda Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tuzilganligi eʼlon qilindi. Sharqiy Turkiston, Ichki Mongoliya va Tibet ham ushbu respublikaga kiritiddi. XXR tuzilgach, davlatni boshqarishni oʻz zimmasiga olgan
Mao Szedun
boshchiligidagi Xitoy rahbariyati va XKP XXRning bosh yoʻli – mamlakatda sotsialistik jamiyat qurish ekanligini eʼlon qildi va xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, sotsializmning sovet modeli negizini yaratish yoʻlini tanladi. 1951-yil Xitoy hududini gomindanchilardan ozod etish (
Tayvan
va
Penxuledaodan
tashqari) tugallandi. 1952-yil XXR hukumati joylarda xalq hokimiyati organlarini tuzish, gomindanchilarni yoʻqotish, yirik kapitalni musodara qilish boʻyicha katta ishlarni amalga oshirdi. 1953-yil agrar islohotlar oʻtkazildi. 300 mln.ga yakin yersiz va kam yerli dehqonlar va ularning oilalariga sobiq zamindorlar yerlari boʻlib berildi. 1953—1954 yillarda maxalqliy va markaziy hokimiyat organlariga umumiy saylovlar boʻldi. 1954-yil sentabrda Umumxitoy xalq vakillari majlisining 1-sessiyasi boʻlib, XXR konstitutsiyasi qabul qilindi.
50-yillarning 2-yarmida Mao Szedun boshchiligidagi XXR rahbarlari 1958—1960-yillarda „katta sakrash“ (besh yil mobaynida sanoat ishlab chiqarishini 6,5 marta, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini 2,5 marta koʻpaytirish) yoʻlini tutdilar. Barcha qishloq xoʻjaligi kooperativlari „xalq kommunalari“ga aylantirildi.
1966—1976 yillarda „madaniy inkilob“ amalga oshirildi. Mao Szedun shaxsiga sigʻinish avj oldi. Xavfsizlik organlari va armiya ishtirokida, shuningdek, siyosiy jihatdan chiniqmagan oʻquvchi yoshlar va talabalardan tuzilgan xunveybinlar („qizil qoʻriqchilar“) hamda szaofanlar („gʻalayonchilar“) otryadlari yordamida Mao Szedun koʻrsatmasiga binoan minglarcha masʼul partiya va davlat xodimlari va ziyolilar ishdan olinib, surgun qilindi yoki uy qamogʻida sakdandi. Provinsiya va uyezdlarda partiya qoʻmitalari va xalq tomonidan saylangan hokimiyat organlari amadda tarkatib yuboriddi va tepadan tayinlanadigan, armiya vakillari asosiy rol oʻynagan „inqilobiy qoʻmitalar“ bilan almashtirildi, xalq xoʻjaligidagi tanglik yanada chukurlashdi. Xitoy KPning bu siyosati (keyinchalik Xitoyda keskin tanqidga uchragan)
Mao Szedun
vafoti (1976)dan keyin qayta koʻrib chikildi. Bunda iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali 21-asr oʻrtalariga kelib Xitoyni yuksak darajada rivojlangan davlatga aylantirish vazifasi qoʻyildi. Korxonalarning xoʻjalik yuritish faoliyatidagi mustaqilligi oshirildi, koʻp ukladli iqtisodiyotga ruxsat berildi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida Xitoyda „ochiq iqshsodiy rnlar“ va „maxsus iqtisodiy hududlar“ tashkil etildi. 1990-yillarning boshlaridan Xitoy KP tomonidan amalga oshirilayotgan „sotsialistik bozor xoʻjaligi“ga oʻtish shakllandi. Xitoyning Buyuk Britaniya bilan tuzgan bitimi (1989)ga muvofiq
Syangan
Gonkong
) Xitoyga oʻtdi va XXRning maxsus maʼmuriy rayoni makrmini oldi. Xitoy 1971-yildan BMT aʼzosi (1945-yil
San Fransisko
konferensiyasida
BMT
ustaviga gomindan hukumati vakili imzo chekkan. XXR tuzilgach, uning BMTdagi oʻrnini Tayvan noqonuniy ravishda egallab kelgan, XXR esa bu tashkilotda vakillikdan mahrum qilingan edi. 1971-yil 25-oktabrda BMTning Bosh Assambleyasi XXRning qonuniy huquklarini tiklash va BMT hamda uning barcha organlaridan Tayvan vakillarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi). Xitoy 1991-yil 27-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil 2-yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 1-oktabr – Respublika eʼlon qilingan kun (1949).
Siyosiy partiya va tashkilotlari, Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi, kasaba uyushmalari. Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP, 1921-yil tuzilgan; Bosh kotibi Xu Szintao. 50,3 mln. aʼzosi bor); Gomindan inqilobiy qoʻmitasi, 1948-yil asos solingan; Xitoy Demokratik ligasi, 1941-yil tuzilgan; Xitoy Demokratik milliy qurilish assotsiatsiyasi, 1945-yil tuzilgan; Xitoy Demokratiya taraqqiyotiga koʻmak beruvchi assotsiatsiya, 1945-yil tashkil etilgan; Xitoy dexkrnishchilar demokratik partiyasi, 1947-yil asos solingan; Chjungo chjigun dan (Xitoy adolatga intilish partiyasi), 1925-yil tuzilgan; Szyusan syuye she (3-sentabr jamiyati), 1946-yil tuzilgan; Tayvan muxtoriyati demokratik ligasi, 1947-yil asos solingan; Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi; 1949-yil tuzilgan. Umumxitoy kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925-yil tuzilgan.
Xoʻjaligi
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoy – industrialagrar mamlakat. 1949-yil xalq inqilobidan soʻng xalq xoʻjaligini tiklashga kirishdi va dastlabki 5 yil ichida yuksak natijalarga erigddi. Ammo undan keyingi 20 yildan ortiq davr ichida iqtisodiyoti nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldi. 1978-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlar mamlakat iqgisodiyotini rivojlanish yoʻliga olib chiqsi. Iqtisodiy oʻsish surʼati yiliga oʻrta hisobda 8—10 %, xususiy mulkchilikka asoslangan tarmoqlarda 30 % ga oshdi. 1980-yillar oxirida yalpi ichki mahsulot hajmi 2 baravar koʻpaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash muammosi xalq boʻldi. 1990-yillar oxirqsa yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 49 %, qishloq xoʻjaliginiki 19 %, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 32 %ni tashkil etdi.
Sanoatida koʻp tarmoqli mashinasozlik [stanoksozlik, qishloq xoʻjaligi va transport mashinasozligi, traktorsozlik, avtomobilsozlik (2003-yil 4 mln. 443 ming 700 dona avtomobil ishlab chiqarildi), elektr energetikasi va boshqa sanoat jihozlari, elektron buyum va priborlar, shuningdek, velosiped, tikuv mashinalari, soat va boshqa ishlab chiqarish], kimyo, qora metallurgiya muhim mavqega ega. Sanoatning asosiy tarmoqlaridan – toʻqimachilik [ipgazlama (1996-yil 22,1 mlrd. metr), shoyi, jun gazlama ishlab chiqarish], oziqovkat sanoati rivojlangan. Issiqlik energetika bazasining asosi – koʻmir. U, asosan, Xitoyning shimoliy va shimoli-sharqida qazib olinadi (1993-yil 1149 mln. tonna). Neft mamlakatshimoli-gʻarbi va shimoli-sharqida qazib olinadi (142 mln. tonna). Xitoy shimoli-sharqida yonuvchi slanets konlari, Sichuan soyligi va Saydam tekisligida gaz konlari bor. Yiliga oʻrtacha 1654 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr styalarida). Poʻlat (yiliga 86 mln. tonna), rangli metallar (alyuminiy, mis, rux, qoʻrgʻoshin, qalay, surma) eritiladi. Sement (490 mln. tonna), mineral oʻgʻit (27 mln. tonna) ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik ham katta ahamiyatga ega [eng qad. tarmoqlari – yigiruvtoʻquv, keramika (chinni va fayans) va uyroʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarish]. Xitoy Badiiyhunarmandchilik buyumlari bilan ham mashhur.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerning 93 mln. gektari (mamlakat hududining 10 %) ishlanadi, 49 % sugʻoriladigan yerlar. Ekin maydonining 2/3 qismini sholi, bugdoy, batat, kartoshka egallaydi, 18 % ga texnika ekinlari (paxta, soya, yer yongʻoq, choy, tamaki, jut, shakarqamish, qand lavlagi va boshqalar) ekiladi. Shuningdek, tariq, arpa, grechixa ham yetishtiriladi. Xitoyning janubidagi dengiz sohillari va Sichuan soyligida shakarqamish, sharqiy va markaziy rnlarida choy oʻstiriladi. Tung va lak daraxtlari ham oʻstiriladi. Tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda koʻp tarmoqli bogʻdorchilik (sitrus mevalar, ananas, banan, mango, olma, nok va hokazo) rivojlangan. Ayrim rayonlarda tokchilik bilan shugʻullaniladi. 1992-yil 443 mln. tonna gʻalla, 5 mln. tonnaga yaqin paxta yetishtirildi.
Chorvachilikda Xitoyning har bir yirik rayoni oʻziga xos yoʻnalishga ega. Sharqiy Xitoyda choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan, ish hayvonlari koʻpaytiriladi. Ichki Mongoliya, SintszyanUygʻur muxtor rnining shimoliy qismi va Tibetda yaylov chorvachiligi (qoʻychilik, qoramolchilik, yilqichilik) asosiy oʻrinda. 1996-yil 109 mln. qoramol, 452 mln. choʻchqa, 127 mln. qoʻy boʻlgan. 1992-yil 29 mln. tonna goʻsht, 5 mln. tonna sut tayyorlangan. Yanszi va Chjutszyan daryolari havzalarida tut ipak qurti, Shim. Sharqiy Xitoyda va Shandunda dub ipak qurti boqiladi. Xitoy dunyoda tabiiy shoyi yetishtiruvchi yirik davlatlardan biri. Xitoy baliqva b. dengiz hayvonlarini ovlashda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Chuchuk suv havzalarida va sholipoyalarda baliqchilik ham keng tarqalgan. Xitoyda yogoch tayyorlanadi, yovvoyi oʻsimlik mevalari va shifobaxsh oʻtlar yigʻiladi.
Transporti
tahrir
manbasini tahrirlash
Transport yoʻli transportning asosiy turi. Ularning uz. 73 ming km. Xitoyning sharqiy portlari temir yoʻl orqali Mongoliya, Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Yevropa mamlakatlari bilan bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari uzunligi 1,278 mln. kilometr. Soʻnggi yillarda tez yurar avtomobil yoʻllari qurish rivojlangan. Ularning uz. 8733 km.
Ichki suv yoʻllarining uz. 150 ming km dan ortiq. Yirik dengiz portlari: Shanxay, Dalyan, Sinxuandao, Sindao, Guanchjou (Xuanpu bilan), Tyantszin (Singan bilan). XXRning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar havo yoʻllari bilan bogʻlangan.
Tashqi savdosi
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoy chetga koʻmir, choy, baliq, toʻqimachilik xom ashyosi, shoyi mahsulotlari, traktor va avtomobil, volfram rudasi, elektron, toʻqimachilik va mashinasozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, murakkab hisoblash texnikasi, neft, gʻalla, kimyoviy oʻgʻit, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – yuan.
Tibbiy xizmati
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoyda 1978-yildan boshlab oʻtkazila boshlagan iqtisodiy islohotlar natijasida tibbiy xizmat koʻrsatish tarmogʻida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Ilgari yopilgan tibbiyot oʻquv yurtlari va tibbiy muassasalar qayta tiklandi va yangilari ochildi. 1999-yil mamlakatda 310 ming kasalxona va boshqa davolash maskanlari faoliyat koʻrsatdi. Kasalxonalardagi oʻrinlar soni 2,91 mln., tibbiy xizmatchilar soni 4,42 mln., jumladan, shifokorlar soni 1,41 mln.dan oshdi. Mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan sanitariyaepidemiologiya styalar soni 5907 dan, ulardagi xizmatchilar soni 220 mingdan, tibbiyot muassasalari soni 2724 va ulardagi xizmatchilar soni 73 ming kishidan oshdi. XXRda xalq tabobati man etilmagan. Aksincha, unga eʼtibor kuchaytirilgan. Ushbu sohada maxsus oʻquv maskanlari, shifoxonalar, dorixonalar mavjud. Koʻp xitoy shifokorlari oʻz faoliyatlarini garb, xalq tabobat uslubi asosida olib boradilar. Barcha dorixonalarda xalq tabobati negizida yaratilgan doridarmonlar sotiladigan boʻlimlar mavjud. Xalq tabobatiga doir maxsus qoʻllanma va adabiyotlar ham teztez nashr qilinib turadi.
Xalq maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. XXR tashkil topgunga (1949) qadar aholining 80 % savodsiz boʻlgan. Xalq hokimiyati oʻrnatilgandan soʻng maorif tizimida tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Lekin „madaniy inqilob“ yillarida maorif tizimi ham tanglikka uchradi. Uni amalga oshirish vaqgida deyarli barcha oʻquv yurtlari yopildi, savodsizlikni tugatish boʻyicha ishlar toʻxtatildi. Xalq maorifi tizimida 1985-yildan boshlangan islohotlar asosida mamlakatda 9 yillik majburiy taʼlim joriy etildi. U boshlangʻich (oʻqish muddati 5 yil) va oʻrta umumiy taʼlim maktabidan iborat. Oʻz navbatida oʻrta umumiy taʼlim maktabi 1 va 2 bosqichli boʻlib, ularda oʻqish muddati 5 yoki 6 yil Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va kasb-hunartexnika bilim yurtlari mavjud. Oliy oʻquv yurtlarida 4,13 mln. talaba taʼlim oladi (1999). Yirik oliy oʻquv yurtlari: Pekin universiteti, Nankin universiteti, Shanxaydagi Tunszi va Fudan universitetlari, Pekindagi „Sinxua“ politexnika instituti, Pekin aviatsiya, mashinasozlik institutlari, oʻlka va muxtor rn markazlaridagi universitetlar va boshqa Yirik kutubxonalari: Pekin milliy kutubxonasi (4,5 mln. asar), Xitoy Fanlar akademiyasining markaziy kutubxonasi (2,6 mln. asar), Nankin kutubxonasi (2,4 mln. asar), Shanxay kutubxonasi (7,1 mln. asar) va boshqa Muzeylari: Pekindagi saroy muzeyi, Xitoy muzeyi, Xitoy tarixiy muzeyi, Tyantszin tarix muzeyi, Shanxaydagi tibbiyot tarix muzeyi, Shanxay muzeyi, Pekindagi geologiya muzeyi, oʻlka va muxtor rnlardagi muzeylar va boshqa
Xitoylar Xitoy fanlar akademiyasi (1949), Tibbiyot Fanlar akademiyasi (1956), Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi institut va ilmiy tadqiqot muassasalarida hamda oliy oʻquv yurtlarida olib boriladi. Xitoyda, shuningdek, Oʻrmonchilik akademiyasi, Xitoy anʼanaviy tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituta, Geologiya fanlari akademiyasi, Transport yoʻlilar vazirligi ilmiy tadqiqot instituta, Choʻyan va poʻlat markaziy instituti, Rangli metallar markaziy akademiyasi, Neft qidiruv va qazish y.t. instituti, toʻqimachilik ilmiy tadqiqot instituti ham faoliyat koʻrsatadi. 1999-yil Xitoyda 2,71 mln. kishi ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullandi. 1981-yildan tadqiqotchilarga bakalavr, magistr va fan doktori kabi ilmiy darajalarni berish tizimi joriy etildi. Barcha ilmiy tadqiqotlar XXR Davlat kengashi huzuridagi fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan muvofiklashtirib turiladi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Xitoyda bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Banyue tan“ („Suhbat“, 2 haftada 1 marta chiqadigan jurnal, 1980-yildan), „Beyszin jibao“ („Pekin gazetasi“, kundalik gazeta, 1950-yildan). „Venxuey bao“ („Adabiy oqim“, kundalik gazeta, 1937-yildan), „Guanmin jibao“ („Yoruglik“, kundalik gazeta, 1949-yildan), „Guansi jibao“ („Guansi gazetasi“, kundalik gaz.), „Gunjen jibao“ („Ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta, 1949-yildan), „Jenmin jibao“ („Xalq gazetasi“, kundalik gazeta, 1948-yildan), „Nanfan jibao“ („Janubiy gazeta“, kundalik gazeta, 1952-yildan). „Pekin revyu“ („Pekin sharhi“, haftalik siyosiy va nazariy jurnal, 1958-yildan), „Sintszyan jibao“ („Sintszyan gazetasi“, kundalik gaz.), „Sichuan jibao“ („Sichuan gazetasi“, kundalik gazeta, 1952-yildan), „Szinszi jibao“ („Iqtisodiy gazeta“, haftada 6 marta chiqadigan gazeta, 1983-yildan), „Syushi“ („Haqiqatga intilish“, jurnal), „Chjungo sinnyan bao“ („Xitoy yoshlari“, haftada 4 marta chiqadigan gazeta, 1951-yildan), „Chjungo shaonyan bao“ („Xitoy pionerlar gazetasi“, kundalik gazeta, 1951-yildan), „Shanxay star“ („Shanxay yulduzi“, ingliz tilidagi gazeta, 1992-yildan). Sinxua rasmiy axborot agentligi 1931-yil 7-noyabrda tashkil etilgan, dastlab Qizil Xitoy agentligi deb nomlangan; 1937-yildan hozirgi nomda. Milliy radioeshittirish xukumat xizmati 1947-yil tuzilgan. Markaziy televideniyega 1958-yil asos solingan. 1993-yil dekabrda mamlakatda 500 dan ortiq televizion stya ishladi.
Adabiyoti
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoy adabiyoti jahonda eng qad. adabiyotlardan biri boʻlib, uch ming yillik anʼanalarga ega. Qadimgi Xitoy adabiyotining birinchi yirik sheʼriy asari „Shitszin“ („Qoʻshikdar kitobi“, mil. av. 11—6-asrlar) xalq qoʻshiqlari va diniy marosim madhiyalari majmuasidan iborat. Mil. av. 1-ming yillikka mansub badiiy nasr falsafa, tarix, geografiya va boshqalarga doir asarlar bilan uzviy bogʻliq („Shan shu“ – „Tarixiy rivoyatlar kitobi“ va boshqalar). Sima Syanning (mil. av. 1-asr) „Shi szi“ („Tarixiy xotiralar“) kitobi Xan davri (mil. av. 206 – mil. 220-yillar) nasrining yirik yodgorligi hisoblanadi. Sheʼriyatning muhim qismini tashkil etgan lirik va satirik xalq qoʻshiqlari (yuefu)da xalq hayoti oʻz ifodasini topgan. 4-asr oxiri – 5-asr boshlarida yashagan yirik novator shoir Tao Yuanmin (365—427) sheʼriyati hayot haqidagi falsafiy mushohadalardan iborat boʻldi. Mamlakatni Tan sulolasi (618— 907) birlashtirgach, adabiyot rivoji uchun qulay sharoit yaratildi. Xuddi oʻsha davrda ven yan – xitoy adabiy tili uzilkesil shakllandi.
7—10-asrlarda Chen Szian, Van Vey sheʼrlari mashhur boʻldi. Adabiyotning yanada taraqqiy etishida Li Bo, Du Fu va Bo Szyuyi kabi shoirlarning taʼsiri katta boʻldi. 8—9-asrlarda novella janrida yuksak yutuqlarga erishildi (Yuan Chjen, Bo Sinszyan, Li Gunszo), 10—13-asrlarda shoirlardan Van Anshi, Su Shi, Lyu Yun, L u Yu, shoira Li Sinchjao mashhur boʻlgan. Ouyan Syu tarixiy va falsafiy mavzuda asarlar yaratdi.
Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (1280—1368)da shaharlar rivoj topdi. 13-asrda mamlakat shimoliyda qahramonlik va maishiy mavzularda musiqiy drama janri vujudga keldi. 14-asrda epopeyaroman janrining shakllanishi adabiyotda muhim voqea boʻldi. 16-asr oxirlaridan nasr yangi boskichga koʻtarildi, tarixiyfantastik, ijtimoiymaishiy romanlar yaratildi.
Xitoyni manjurlar bosib olgan (1644)dan keyin muxolif kayfiyatdagi shoirlar paydo boʻldi, maʼrifatparvarlik ruhi avj oldi. Klassik roman choʻqqisi boʻlib maydonga kelgan Sao Syuetsin (taxminan 1715—62)ning „Qizil koʻshkdagi uyqu“ romanida zodagonlarning axloqiy va iqtisodiy tushkunligi ifodalandi.
Yangi davr adabiyoti (19-asr oʻrtalari – 1917) manjurxitoy zodagonlari, imperialistik davlatlar zulmiga qarshi ozodlik harakatini, jamiyat tushkunligini aks ettirdi. Gʻarb madaniyati bilan birinchi tanishuv boshlandi. 1900-yillarning boshlaridagi inqilobiy koʻtarilish koʻpgina adiblar ijodida oʻz ifodasini topdi.
1919-yilda boshlangan „4-may“ ozodlik harakati davridan eʼtiboran eng yangi adabiyot vujudga keldi. Bu adabiyotning idk yirik namoyandasi Lu Sin (1881 – 1936) asarlarida oddiy kishilar Xitoy adabiyoti tarixida birinchi marta asar qahramonlari qilib qalamga olindi. 1922-yilda „Ijod“ guruhiga uyushgan adiblar romantik ruxda asarlar yaratdilar. 20-yillar boshlaridan sheʼriyatdagi soʻzlashuv tiliga asoslangan yangi shakl klassik sheʼriyat shakllarini siqib chiqardi. Xitoy xalqining yapon bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik urushi (1937) davrida vatanparvarlik ruhida yozilgan kichik hajmdagi asarlar keng yoyildi. Yaponiya tormor etilgach (1945), adabiyot mamlakatni demokratik rivojlantirish uchun kurashni avj oldirdi. Xitoy Kompartiyasi rahbarligida xalqning ozodlik uchun kurashiga yordam beradigan inqilobiy adabiyot rivojlana boshladi. 1949-yil XXR tashkil kilinishi sotsialistik qurilishni aks ettiradigan, yangi kishini tarbiyalashga xizmat qiladigan yangi adabiyot rivojiga imkon yaratdi. Chjao Shuli (1906—70)ning „Sanlivan qishlogʻi“, Chjou Libo (1908—79)ning „Poʻlat oqim“ roman larida ishchi va dehqonlarning yangi hayoti va mehnati ifodalandi. Tarixiyinqilobiy syujetlarda romanlar (Yan Moning „Yoshlik qoʻshigʻi“) yaratildi. 50-yillarning boshlarida tinchlik va xalklar doʻstligi mavzularida, ayniqsa, sheʼriyatda muhim asarlar ijod qilindi. Lekin 1958-yilda „inkilobiy romantizm bilan inqilobiy realizmning uygʻunligi“ Xitoy adabiyotida birdan bir ijodiy metod deb eʼlon qilindi. Amalda esa ijod axlidan xaspoʻshlab aks ettirish, voqealarni ideallashtirish talab qilindi. 60-yillar oʻrtalaridan „madaniy inqilob“ boshlanishi munosabati bilan yangi badiiy asarlar yaratilmay qoʻydi, tarjima asarlarini nashr etish toʻxtatildi, koʻpgina adabiybadiiy jurnallar yopildi. Xitoy yozuvchilari uyushmasi (1953-yildan tashkil qilingan)ning faoliyati ham, asosan, toʻxtab qoldi. 1970-yillarning boshlaridan adabiy hayotda bir oz jonlanish yuz berdi. „Madaniy inqilob“ yillarida quvgʻinga uchragan yozuvchi va shoirlarning katta guruhi oklandi, ularning faoliyati qayta tiklandi. Ular tomonidan yozilgan asarlar nashrdan chikarildi. Xalqning ongini bozor munosabatlariga moslashtirish, oʻtgan davrga tanqidiy yondoshish, milliylikni saqlab qolish kabi masalalar yangi adabiyotning asosiy gʻoyasiga aylandi. Jahon adabiyotining xitoy adabiyotiga boʻlgan taʼsiri kuchaydi.
1977-yildan pyesa, sheʼr, nasriy va publitsistik asarlar paydo boʻla boshladi. Bu yillarda yaratilgan asarlarda oʻn yillik tartibsizliklar davridagi turmush ochib beriddi. Nasr, ayniqsa, hikoya janri jonlandi. Lyu Sinuning „Sinf rahbari“, Van Menning „Sartarosh hikoyasi“, Ju Chjitszyuanning „Kutilmagan voqea“ kabi hikoyalari shuhrat qozondi. Qissalardan Shen Junning „Oʻrtacha yosh“, Ye. Veyminning „Daryoda moʻljalsiz suzish“, L u Yanchjouning „Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi“ ajralib turadi. Shuningdek, Chjou Ketsinyaning „Syuy Mao va uning qizlari“, Vey Veyaning „Sharq“, Li Chjunning „Xuanxe sharqqa qarab oqadi“, Gu Xuaning „Nilufar gullari vodiysida“ romanlari paydo boʻldi.
Meʼmorligi
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoy hududida mil. av. 4— 1-ming yillikka oid manzilgohlar saqlangan. Mil. av. 2ming yillikda devorlar bilan oʻralgan, ibodatxona va saroylari boʻlgan shaharlar paydo boʻldi (poytaxt Anyan shahri saroyi xarobalari). Sinchli binolar qurilgan. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida meʼmorlik va shaharsozlik prinsiplari shakllandi. Mamlakat markazlashgan yagona Sin davlatiga birlashtirilgach (mil. av. 221—207), Buyuk Xitoy devorini asosiy qismi qurildi. Sin va Xan davrlari (mil. av. 206— mil. 220)da 2— 3 qavatli uylar, yirik saroylar qurildi. Mil. av. 3-asrgacha murakkab konstruksiyali ulkan saroylar, katta koʻprik, maqbara, darvozalar qurildi (Sichuan provinsiyasi, Yan uyezdidagi Gaoi syuye). 3—6-asrlarda buddizm taʼsiri natijasida kõp yarusli ibodatxona – pagodalar barpo etildi (Xenan provinsiyasida, 523). 7—12-asr xitoy meʼmorligi shakllarning qatʼiyligi va mahobatliligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Loyan, Chanʼan shaharlari, saroy va ibodatxona majmualari (Utayshan togʻlaridagi Foguan ibodatxonasi, 857), pagodalar (Sianya yaqinidagi Dayanta yoki „Yovvoyi gʻozlar“ katta pagodasi, 652). Sun davlati davrida Xitoy meʼmorligiga shakllarning nihoyatda nafis va mutanosibligi xos (Kayfindagi Teta yoki „Temir“ pagoda, 1041—48). Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (13—14-asr)da yuanlar davlati poytaxti Dadu (keyincxalqik Pekin)da binolar ansambli qayta qurildi, saroy majmualari yaratildi.
19-asr 2-yarmida Shanxay, Tyantszin, Nankin, Guanchjou kabi yirik shaharlarda Yevropa tipidagi eklektik binolar paydo boʻldi (Ixeyuan bogʻidagi Sinyanfan saroy paviloni, Pekindagi kutubxona). 20-asr 80-yillaridan zamonaviy qurilish konstruksiyalari milliy meʼmoriy anʼanalar bilan uygʻunlashtirilib, yirik bino va inshootlar bunyod etildi.
Tasviriy sanʼati
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoyning kad. sanʼat yodgorliklari mil. av. 3ming yillikka mansub. Xitoyning kup joylaridan nafis ishlangan sopol idishlar, jez va nefritdan ishlangan va shakli hamda guli har xil boʻlgan buyumlar, hayvonlarning In davriga mansub toshdan ishlangan haykalcxalqari, Chjou davri (mil. av. 11—3-asr)ga mansub amaliybezak sanʼati asarlari topilgan. Mil. av. 1-ming yillikdan qilich sopi, mebel tayyorlashda lokdan foydalanila boshlandi. Mil. av. 4—3-asrlarga oid shoyiga tush bilan rayem solingan asar saqlangan. Xan davri (mil. av. 206 – mil. 220) makbaralaridan mifologiya va dunyoviy mavzudagi relyef hamda yozuvlar, odam, uy hayvonlari tasvirlangan sopol idishlar, oltin va kumush bilan bezatilgan jez buyumlar topilgan.
4-asrdan budda gʻor ibodatxonalari haykal va devoriy rasmlar bilan bezatildi (Yungan, Lunmin, Mayszishan). Bu davrda rassom Gu Kaychji va xattot Van Sichji ijod qildilar. Tan (618907) va Sun (9601270) sulolasi davrida Xitoy sanʼatining barcha turi ulkan yutuklarga erishdi. Bu davrda xalq hayotini haqqoniy aks ettiruvchi monumental rangtasvir paydo boʻldi; rassomlikning shoyi matoga tush yoki boʻyoq bilan rayem solish turi shakllandi. U Daotszi, Van Vey, Yan Liben, Chjou Fan, Xan Gan va boshqa Tan davrining mashhur rassomlari boʻlgan. Amaliy bezak sanʼati rivojlandi. Szindechjen chinni manufakturasida tayyorlangan mahsulotlar chet elga chiqarildi va jahonga mashhur boʻldi. 16-asrdan badiiy kashtadoʻzlik va toʻquvchilik rivojlandi. 19-asr 2-yarmida Xitoyning yarim mustamlakaga aylanishi ijtimoiy va madaniy hayotda qaramaqarshiliklar vujudga keltirdi, tasviriy sanʼatda turgʻunlik koʻzga tashlandi. Shu davrda Yevropa sanʼati taʼsirida moyboʻyoq rassomligi paydo boʻldi. 19-asr oxiridan rassomlar milliy klassikani ijodiy rivojlantirish yoki uni Yevropa uslubi yutuqlari bilan uygʻunlashtirishga intildilar. 20-asrning 20—30-yillarida yogʻoch gravyurasi paydo boʻldi. XXR tashkil boʻlgach (1949), Xitoy tasviriy sanʼati jadal surʼatda rivojlana boshladi. Bu davrda Szyan Yan, Xuan Chjou, Ye Syanyuy, Yan Chjiguan va boshqa samarali ijod qildilar. „Madaniy inqilob“ yillari Xitoy rassomligi inqirozi davri boʻldi. 1976-yildan soʻng qayta tiklana boshladi. Rassomlar oʻz faoliyatlarini takomillashtirish yoʻllarini qidira boshladilar. Xitoyda Si Bayshi, Syuy Beyxun, Pan Tyanshou, Li Kuchat, Lyu Xaysu, Guan Shanyue va boshqa rassomlar mashhur. Zamonaviy tasviriy sanʼatida turli oqim va yoʻnalishlar mavjud.
Musiqasi
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoy musiqa madaniyati jahonning eng qad. musiqa madaniyatlaridan biri. Uning manbai mil. av. 2ming yillikdayoq muayyan darajada rivojlangan qad. qoʻshiq va raqslarga borib taqaladi. „Shitszin“ („Qoʻshiqlar kitobi“, mil. av 11—6-asrlar)da 3000 xalq qoʻshigʻi, marosim madhiyalari toʻplangan boʻlib, xalq qoʻshiq sanʼatining muhim yodgorligidir. Xitoy xalq musiqasi bir ovozli boʻlib pentatonikaga asoslangan (mil. av. 7-asrda shakllangan). Keyincxalqik 7 va 12 ovozli sistema paydo boʻldi. Asosiy musiqa cholgʻulari (anʼanaviy xitoy orkestri, odatda, 100 ga yaqin, cholgʻudan tashkil topadi): torli – se, sin, pipa, erxu, sixu, banxu; puflama – syao, paysyao, di, sona, shen; urma – gong, qoʻngʻiroqcha, baraban, tarelkalar. Nota yozuvidagi (iyeroglif tizimi) birinchi professional asar – „Yulantsu“ („Tanho orxideya“) pyesasidir (muallifi Syu Min, 6-asr). 8-asrda balet sanʼati rivojlana boshladi. 12—13-asrlarda dramatik dialog, orkestr joʻrligida kuylash, pantomima va raqsni oʻzida mujassamlashtirgan xitoy operasi shakllandi. 17-asrning oʻrtalaridan Sharqiy Xitoyda orkestr musiqasi rivojlandi. 19-asr bilan 20a oraligʻida Yevropa musiqasi taʼsiri sezildi. 1927-yil konservatoriya ochildi. Xitoy musiqasiga boshqa mamlakatlar musiqa sanʼati yutukdarini olib kirishga intiluvchi „Yangi xitoy musiqasi“ deb nomlangan ilgʻor musiqa harakati paydo boʻldi. Kompozitorlar Ne Er (1912 35; ommaviy vatanparvarlik qoʻshiqlar muallifi), Si Sinxay (1905 – 45), Xuan Szi (1904—38), Chjanshu (1908—38) yangi musiqa asoschilaridir. 1953-yil Xitoy kompozitorlar uyushmasi tuzilgan. Pekin, Shanxay, Shenyan, Chendu, Tyantszin, Sian, Guanchjou shaharlarida konservatoriyalar ishlaydi. Xitoyda dirijyorlar Li Demun, Xuan Itszyun, Yan Lyankun, Xan Chjunsze, Chjen Syaoin, kompozitorlar Li Xuanchji, Lyu Chji, Syuy Sisyan, Syuy Vey, Chju Szyaner, Chjan Juy, Chjen Syufen, ijrochisolistlar Lu Chunlin, Lyu Dexay, Van Gotun, Shen Chjungo, vokalchilar Chjan Syuan, Vey Sisyan, Xu Sunxua, Van Kun, Li Guilar mashhur. Soʻnggi chorak asr davomida musiqa sanʼatida katta yuksalish yuz berdi. Ayniqsa, zamonaviy estrada janri tez rivojlandi. Yoshlar oʻrtasida gʻarb musiqasiga boʻlgan intilishning kuchayishi har xil yoshlar ansambllari tashkil topishiga olib keldi. Yevropa musiqa ohanglari bilan milliy musiqa ohanglarining qoʻshilib ketishi kuzatildi. Musiqa ijro etishda zamonaviy musiqa cholgʻularidan foydalanish keng tarqaddi.
Teatr sarchashmalari xalqning qoʻshiqraqs ijodi, turli marosim va oʻyinlar bilan bogʻliq tomosxalqardan boshlanadi. Xandavri (mil. av. 3-asr – mil. 3-asr)da shaharlar va hunarmandchilikning rivoji teatr sanʼati taraqqiyotiga taʼsir etdi. Tan davri (7— 10-asrlar)da buddizm xitoy adabiyoti va sanʼatiga, xususan, raqs sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatdi. 8-asr oʻrtalarida imperator Syuantszun saroyida „Nokzor“ („Liyuan“) teatr maktabi tashkil qilindi. 10—12-asrlarda professional aktyorlar truppalari vujudga keldi. 13— 14-asrlarda teatr sanʼati takomillashdi. 17—19-asrlarda muayyan xudud bilan bogʻlangan maxalqliy teatr janrlari (banszi, sintsyan, yuetszyuy va boshqalar) paydo boʻldi. 19-asr oʻrtalarida maxalqliy teatrlar negizida teatrning yangi shakli – Pekin musiqali dramasi shakllandi; u keyincxalqik xitoy umummilliy klassik musikali dramasiga aylandi. 20-asr boshlarida zamonaviy drama teatri shakllandi (asosan, Yevropa drama sanʼati taʼsirida). 1907-yilda birinchi drama truppasi – „Koʻklamgi majnuntol“ („Chunlyushe“) tashkil qilindi. Oʻsha yili „Kuklam quyoshi“ („Chunyanshe“) professional teatri ham tashkil topdi. 1927-yil Shanxayda ilgʻor teatr arboblari, dramaturg va aktyorlar „Janubiy jamiyat“ („Nantoshe“)ga birlashdilar. 1930— 40 yillardagi yirik dramaturglar: Sao Yuy, Go Mojo, Xun Shen, Tyan Xan, Ouyan Yuysyan, Sya Yan va boshqa
1930-yilda Sud teatr arboblari ligasi tuzildi. 30ylarda zamonaviy drama teatr saxnalarida rus va Gʻarbiy Yevropa dramaturglarining pyesalari qoʻyildi (N. V. Gogol, A. N. Ostrovskiy, M. Gorkiy, G. Ibsen va boshqalarning pyesalari). XXR tashkil etilgach (1949), teatr sanʼatida islohot oʻtkazildi, klassik dramalar qayta koʻrib chiqildi. 1952-yilda 1Umumxitoy teatr va drama koʻrigida islohotga yakun yasaldi. 1963—64 yillarda teatrda inqilob oʻtkazish, klassik pyesalarni „zamonaviy inqilobiy pyesalar“ bilan almashtirish masalasi kun tartibiga qoʻiildi, natijada professional jamoalar keskin kamayib ketdi. „Madaniy inkilob“ davri teatr sanʼati uchun ham tushkunlik davri boʻldi. 1976-yildan soʻng teatr taraqqiyoti yangi bosqichga oʻtdi. Oʻz asarlarida xayotni real aks ettiruvchi yosh isteʼdodli dramaturglar yetishdi. Zamonaviy va tarixiy mavzularda koʻplab pyesalar yaratildi.
KINOSI
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoyda birinchi film 1913-yil yaratilgan („Soxta erxotinlar“). 1920—30-yillarda progressiv yoʻnalishdagi filmlar ishlab chikarildi („Baliqchi qoʻshigʻi“, „Yoʻl“, „Chorraha“ va boshqalar). 1940-yillarda
Xitoy
kinematografchilari ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan filmlarni suratga oldilar („Sungari daryosida“, „Bahorgi suvlar sharqqa oqadi“, „Sakkiz ming li, oy va bulutga yoʻl“ va boshqalar). 1938-yil sentabrda tuzilgan Yanan kinoguruhi ozod etilgan hududlarda „Yanan va 8armiya“, „Doktor Norman Betyun“, „Nannivan“ kabi hujjatli filmlar yaratdilar. 1946-yil Xitoy shimoli-sharqining ozod etilgan rnlarida Dunbey (Shimoli-sharq) studiyasi (keyincxalqik Chanchun) tashkil etildi. „Xitoy kizlari“ (rej.lar Lin Szifen va Chjay Syan), „Poʻlat askar“ (rejissyor Chen In), „Oq sochli qiz“ (rej.lar Van Bin va Chjan Shuyxua), „Partiya kizi“ (rejissyor Lin Nun), „Tinchlik yoʻlida“ (rejissyor Xuan Szolin) filmlari 1950-yillardagi eng yaxshi filmlardir. 1950-yil Pekin shahrida kinematografiya instituti tashkil etilgan. 1960-yillarning oʻrtalaridan filmlar ishlab chiqarish kamaydi. 1967—69 yillarda deyarli barcha studiyalar oʻz faoliyatlarini toʻxtatdi, faqat bir nechtagina hujjatli film chiqarildi. 1976-yildan keyin kino ishlab chiqarish astasekin tiklana boshladi. 1980-yillarda qishloq hayoti mavzusidagi „Yuelyan qishlogʻidagi qahqaxa“, „Syuy Mao va uning kizlari“, „Qishloqqa muhabbat“ va boshqa filmlar yaratildi. „Sian hodisasi“, „Nanchan qoʻzgʻoloni“ filmlarida inqilob tarixidan muhim lavxalqar aks ettirildi. „Qon har doim qaynoq“, „Koʻprik ostida“ filmlari hozirgi zamon yoshlari, ularning muammolariga bagʻishlandi. Shuningdek, Lu Sin, Mao Dun, Lao She asarlari asosida ham filmlar yaratildi. „Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi“, „Oʻrtacha yosh“, „Yilqichi“ kabi filmlarda xitoy xalqining maʼnaviy goʻzalligi va mehnatsevarligi haqida hikoya qilinadi. Xitoyda badiiy hamda hujjatli filmlar bilan bir qatorda multiplikatsion va ilmiyommabop filmlar ham ishlab chiqariladi.
Oʻzbekiston – Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari
tahrir
manbasini tahrirlash
Asosiy maqola:
Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari
Rasmiy nomi
Xitoy Xalq Respublikasi
. Poytaxti –
Pekin
shahri.
BMT
aʼzosi.
Xitoy
Gʻarbiy Osiyoda
joylashgan boʻlib, maydoni 9,6 mln. km
ni tashkil etadi.
Osiyodagi
yirik davlat hisoblanadi, jahonda esa maydoni jihatidan
Кanada
va
Rossiyadan
keyin 3-oʻrinda turadi. Xitoy quruqlikda 14 davlat bilan chegaradosh, ular:
Afgʻoniston
Butan
Myanma (Birma)
Hindiston
Qozogʻiston
Qirgʻiziston
Laos
Mongoliya
Nеpal
Pokiston
(talash hudud boʻlgan
Кashmir
),
KXDR
Rossiya
Tojikiston
va
Vyеtnam
. Chegaralarning umumiy uzunligi 22 117 km. Dengiz boʻylab esa Shimoliy Koreyadan Vyetnamgacha, Gʻarbiy Xitoy dengizi, Koreys koʻrfazi, Sariq dengiz va Janubiy Xitoy dengizi, Tayvan oroli bilan Tayvan boʻgʻozi orqali 14 500 kilometr uzunlikda tutashgan. Xitoyni
1949-yildan
Kommunistlar partiyasi boshqarib keladi. Xitoy faqat bir partiyali mamlakat hisoblanadi.
Tarixi
tahrir
manbasini tahrirlash
Asosiy maqola:
Xitoy tarixi
Geografiyasi
tahrir
manbasini tahrirlash
Asosiy maqola:
Xitoy tabiati
Bambukzorlar
Xitoyda bambukning 500 ga yaqin turlari mavjud, oʻrmonlarining 3 foizi bambuklardan tashkil topgan. Qalin qamishzorlarni Xitoyning 18 provinsiyasida uchratish mumkin. Bambuklar asosan hayvonlarga ozuqa boʻladi, shuningdek, sanoat korxonalarida ham ishlatiladi.
Xuanxe (Sariq daryo)
Xitoydagi ikkinchi buyuk daryo, uzunligi 5464 km. Xuanxe yoki Sariq daryo oʻta tezlik bilan oqadi. Bu daryoda 1642-yilda 300 ming kishi oqib xalqok boʻlgan
Lushan togʻlari
Xitoy tamaddunining oʻchogʻi sanaladi. Maydoni 5 ming kvadrat kilometrga teng bu togʻlar mamlakat janubi, Tszyansi provinsiyasining Intan shahri yaqinida joylashgan. SHimolda Xitoyning eng uzun daryosi – Yantszi bilan chegaradosh. Janub tomondan mamlakatning eng katta chuchuk suvli daryosi – Poyaku suvlari bilan yuviladi. Lushan togʻlari 2000-yillik tarixga ega boʻlib, ular ilk bora xitoy solnomalarida tilga olingan.
Qadimda bu yerda sehr-jodu bilan shugʻullanishgan va shu bois Lushan togʻlari xudosizlar manzili xisoblangan. Daosizm va buddizm oqimlari vujudga kelgach, oqim asoschilari bu erga ilk maktab va akademiyalarni qura boshlagan. Qurilmalarning ayrimlari shu davrga qadar saqlanib qolgan.
Qoʻriqxona necha yuz yillardan buyon oʻz goʻzalligi bilan butun dunyoni oʻziga maftun qilib keladi. Uni madh etuvchi 4 mingdan ziyod sheʼr va dostonlar bitilgan.1996-yildan YUNYeSKOning jahon meroslarini saqlash qoʻmitasi tomonidan unga quyidagicha baho berilgan: "Lushan togʻlarining dunyoviy merosi shundaki, u xitoy millatining maʼnaviy-madaniy qadryatlari bilan bevosita bogʻliq. Xitoy xalqining qadriyatlari tabiat bilan uygʻunlashib ketganday goʻyo. U yirik madaniy manzarani aks etdiradi. 2007yili Lushan togʻi Milliy bogʻ sifatida tan olinib, jahon meroslarining roʻyxatiga kiritilgan. 1998-yilda esa geologik park sifatida YUNYeSKO xalqaro tarmogʻiga kiritilgan. Bu tarmoqqa 28 geoparklar kiritilgan boʻlib, ularning 7 tasi Xitoyda joylashgan.
Iqtisodiyoti
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoy Xalq Respublikasi aholisining soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 2009-yil maʼlumotiga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1,329 mlrd kishini (Syangan MAR va Tayvan provinsiyasi, Aomen rayonidan tashqari) tashkil etdi. U hozirda dunyo aholisining 21 % ni tashkil etmoqda. Xitoy aholisining oʻrtacha zichligi 1 kv. kilometr ga 137 kishini tashkil etadi. Xitoy aholisi uning hududi boʻylab bir tekisda joylashmagan boʻlib, Sharqiy Xitoyning dengiz oldi rayonlarida aholining zichligi 1 kv. kilometr ga 410 kishidan ortiq aholi toʻgʻri kelsa, Markaziy Xitoyda aholining zichligi 1 kv. kilometrga 200 kishidan ortiq toʻgʻri kelsa, gʻarbiy Xitoyning togʻli hududlarida bu koʻrsatkich 1 kv. kilometr ga 20 kishidan ham kam kishi toʻgʻri keladi.
2010-yilda Xitoyning yalpi ichki mahsuloti
Yaponiyadan
yuqori boʻlib, dunyoda
AQShdan
keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Xitoy potentsial supergohlardan biri hisoblanadi.
Dini
tahrir
manbasini tahrirlash
Xitoyning anʼanaviy dini konfusiylik, koʻpchilik daosizm va buddizm diniga sigʻinishadi. Xitoyliklar orasida islom va xristian dinlariga ham eʼtiqod qiluvchilari bor. Xuey, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, tatar, oʻzbek, tojik, dunsyan, salar va baoan xalqlari musulmonlar hisoblanadi. Tibetliklar, moʻgʻullar, tai va yugurlar lamaizm diniga eʼtiqod qilishadi. Vetveylar buddizmga eʼtiqod kilishadi, myao va yaolar xristian diniga eʼtiqod qilishadi, koʻpchilik daurlar, orochonlar va evenklar shamanizmga eʼtiqod qilishadi.
Madaniyati
tahrir
manbasini tahrirlash
Asosiy maqola:
Buyuк Хitoy dеvori
Xitoy haqidagi maqolalar
tahrir
manbasini tahrirlash
Asosiy maqola:
Xitoy va xitoyliklar
Galereya
tahrir
manbasini tahrirlash
Manbalar
tahrir
manbasini tahrirlash
„Хитой қирғоқларига «Ин-Фа» тайфуни ёпирилди — видео“
Bugun.uz
. 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 2021 йил 26 июль.
„Хитой ҳукумати пенсия ёшини оширишга қарор қилди. Мамлакат аҳолиси жадал кексаймоқда“
Bugun.uz
. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
arxiv nusxasi
, 2020-06-06da
asl nusxadan
arxivlandi
, qaraldi:
2020-03-25
Osiyo
davlatlari
Afgʻoniston
Armaniston
Bahrayn
Bangladesh
Birlashgan Arab Amirliklari
Bruney
Butan
Eron
Gurjiston
Hindiston
Indoneziya
Iordaniya
Iroq
Isroil
Kambodja
Janubiy Koreya
Shimoliy Koreya
Laos
Livan
Malayziya
Maldivalar
Misr
Moʻgʻuliston
Myanma
Nepal
Ozarbayjon
Oʻzbekiston
Pokiston
Filippin
Qatar
Qibris
Qirgʻiziston
Qozogʻiston
Quvayt
Rossiya
Saudiya Arabistoni
Sharqiy Timor
Shri-Lanka
Singapur
Suriya
Tailand
Tojikiston
Turkiya
Turkmaniston
Ummon
Vyetnam
Xitoy Respublikasi
Xitoy Xalq Respublikasi
Yaman
Yaponiya
Qisman
Yevropada
Xitoy Respublikasi (Tayvan)
BMT
tomonidan tan olinmagan.
Qisman
Afrikada
Qisman
Okeaniyada
Turkum
Markaziy Osiyo
mamlakatlari
Afgʻoniston
Moʻgʻuliston
Tojikiston
Turkmaniston
Xitoy
Oʻzbekiston
Qozogʻiston
Qirgʻiziston
Xitoy Xalq Respublikasi raislari
Mao Zedong
Liu Shaoqi
Song Qingling
Dong Biwu
Li Xiannian
Yang Shangkun
Jiang Zemin
Hu Jintao
Xi Jinping
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti
(ShHT)
Sammitlar
Shanxay 1996
Moskva 1997
Olmota 1998
Bishkek 1999
Dushanbe 2000
Shanxay 2001
Sankt-Peterburg 2002
Moskva 2003
Toshkent 2004
Ostona 2005
Shanxay 2006
Bishkek 2007
Dushanbe 2008
Yekaterinburg 2009
Toshkent 2010
Ostona 2011
Pekin 2012
Bishkek 2013
Dushanbe 2014
Ufa 2015
Toshkent 2016
Ostona 2017
Sindao 2018
Bishkek 2019
Sochi 2020
Dushanbe 2021
Samarqand 2022
Dehli 2023
Ostona 2024
Islomobod 2024
Tianjin 2023
Aʼzolar
Belarus
Eron
Hindiston
Pokiston
Qirgʻiziston
Qozogʻiston
Rossiya
Tojikiston
Oʻzbekiston
Xitoy
Kuzatuvchilar
Mongoliya
Dialogdagi hamkorlar
Armaniston
Bahrayn
Birlashgan Arab Amirliklari
Kambodja
Maldiv
Misr
Myanma
Nepal
Ozarbayjon
Qatar
Quvayt
Saudiya Arabistoni
Turkiya
Shri Lanka
Mehmonlar
ASEAN
BMT
MDH
Turkmaniston
Tillar
xitoy
rus
Nomzodlar
Bangladesh
Iroq
Isroil
Jazoir
Laos
Suriya
Katta yigirmatalik
Argentina
Australia
Braziliya
Kanada
Xitoy
Yevropa Ittifoqi
Fransiya
Germaniya
Hindiston
Indoneziya
Italiya
Yaponiya
Meksika
Rossiya
Saudiya Arabistoni
Janubiy Afrika Respublikasi
Janubiy Koreya
Turkiya
Birlashgan Qirollik
Amerika Qoʻshma Shtatlari
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
" dan olindi
Turkumlar:
Osiyo davlatlari
Markaziy Osiyo mamlakatlari
Xitoy Xalq Respublikasi raislari
Xitoy
Osiyo
BMT aʼzolari
Davlatlar
Geografiya
Fan
Yashirin turkum:
Ref teglaridan foydalanilmagan maqolalar
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi maqolalari
Xitoy
Mavzu qoʻshish
US